Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUTUBXONAGA SAYOHAT

×

 2021-04-20 22:23:01    179

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani axborot-kutubxona markaziga jajji kichkintoylar ishtirokida sayohat uyushtirilib, 31-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari kutubxonaga tashrif buyurdilar.

Axborot-kutubxona markazi xodimlari bolajonlarni kutubxona fondi bilan tanishtirdilar. Shuningdek, o’zbek xalq ertaklaridan “Yarimta no’xat”, “Bo’ri bilan mergan”, “Susanbil”, “Bola podshohdir” kabi kitoblar haqida ularga ma'lumotlar berildi.


Bolajonlar bilan “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” deb nomlangan suhbat ham tashkil etildi. Suhbat davomida jajji kitobxonlar buvijonlari, tarbiyachilari tomonidan tinglagan ertaklari haqida so’zlab, yod olgan she'rlaridan aytib berdilar.

Kutubxona bo’ylab tashkil etilgan sayohatdan bolajonlar mamnun bo’ldilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram