Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANI HOKIMINING JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH BO’YICHA MASLAHATCHISI TAYINLANDI
2021-04-20 14:55:59 198
2021 yil 19 aprel kunidan Musayev Raxmonali Esajonovich Qo’shtepa tumani hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo’yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Raxmonali Musayev 1976 yili Qo’shtepa tumanida tug’ilgan. 1999 yilda O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini bitirgan.
Mehnat faoliyatini 1999 yili Marg’ilon shahar IIB jinoyat qidiruv bo’linmasi tezkor vakili lavozimida boshlagan. Faoliyati davomida Marg’ilon shahar IIB jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’limi axborot-tahlil va agentura ta'minoti bo’linmasi boshlig’i, Marg’ilon shahar IIB boshlig’ining birinchi o’rinbosari – jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’limi boshlig’i, Uchko’prik tumani IIB boshlig’i, Farg’ona shahar IIB boshlig’i, viloyat IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’limi o’ta muhim ishlar bo’yicha katta tezkor vakili, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’linmasi boshlig’i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Oilali, turmush o’rtog’i – uy bekasi, uch nafar farzandi bor.