Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVAT VA KO’MAK: EHTIYOJMAND OILALAR HAMISHA E'TIBORDA

×

 2021-04-20 13:24:25    120

PDF yuklash
Chop etish



Bugungi pandemiya sharoitida hamda muqaddas ramazon oyida Qo’shtepa tumanida xayru saxovat ishlari keng ko’lamda davom etmoqda.

Xususan, tumanimizda ham aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini «Saxovat va ko’mak» jamg’armasi orqali qo’llab-quvvatlash tadbirlari davom etmoqda.


«Mahalla» xayriya jamoat fondi Qo’shtepa tumani bo’linmasi tomonidan “Temir daftar”ga kiritilgan 538 ta oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida “Chimyon baraka savdo servis” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan 191 million 743 ming 200 so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.


Guruch, yog’, makaron, grechka yormasi, kartoshka, piyoz, sabzi kabi mahsulotlardan iborat oziq-ovqat mahsulotlari sektor rahbarlari hamda tumanimizdagi 51 ta mahalla fuqarolar yig’inlari raislari tomonidan o’z egalariga yetkazib berildi.

Ushbu muborak oylarda «Saxovat va ko’mak» ijtimoiy aktsiyasi doirasida ko’rsatilgan yordam uchun oziq-ovqat mahsulotlari kirib borgan xonadon egalari tuman hokimligi hamda homiylarga minnatdorlik bildirdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram