Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-04-20 09:23:02    110

PDF yuklash
Chop etish



Tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 11-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari tomonidan aholini xatlovdan o’tkazish hamda saylov yoshidagi fuqarolarni aniqlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Xatlov jarayonlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda elektron bazaga kiritish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham tuman hokimi tomonidan o’rganildi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, tuman hokimining o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021 yil 4-5 fevral kunlari Farg’ona viloyatiga tashriflari yakuni buyicha 11 fevral kuni tasdiqlangan 7-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, tumanda “Xavfsiz xovli” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar ahvoli va jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, tumanda ishsizlikni oldini olish, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilish va ijro-intizomini mustaxkamlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hokimlik soati o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram