Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAKTABLARDAGI IJODIY-MADANIY TARG’IBOTCHILAR ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI
2021-04-19 16:58:49 443
Qo’shtepa tumanidagi umumiy o’rta ta'lim maktablarida direktorlarning madaniy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi lavozimi joriy etildi.
Umumta'lim maktablarining madaniy-ma'rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlarining vazifalari bilan ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchilarning vazifalari biri-birini to’ldiruvchi mushtarak faoliyatlardir. Ushbu kunlarda maktablarga tashrif buyurib, o’z ish faoliyatlarini boshlayotgan ijodkor targ’ibotchilarimiz maktablardagi hali biz bilmagan iste'dod egalari, ijodga, adabiyot, she'riyatga chanqoq yoshlarimiz borligidan xursand bo’lmoqdalar. Zero, ijodkorlarimizning vazifasi, aynan, bo’lajak adabiyotshunos olimlarni, shoir va yozuvchilarni topish, ularga ijod sirlarini o’rgatish, amaliyotga yetaklash, tuman, viloyat, respublikamizning bugungi adabiy muhiti, yangi kitoblar, shoir va yozuvchilar bilan tanishtirishdir. Vatanimiz taraqqiyotida, jamiyatimizda uyg’onish davri boshlanayotgan tarixiy davrda chekka tumanlardagi ijodkorlarimizning zimmasiga bunday mas'uliyatli vazifaning yuklatilishi, har bir maktabda alohida lavozimning joriy etilishi hukumatimizning ijod ahliga bo’lgan yuksak ishonchining yorqin namunasidir. Xo’sh, bunday yuksak ishonchni oqlash, besh yilliklarga mo’ljallangan strategik rejalarni amalga oshirishni bugungi nomzodlarimiz uddalay oladilarmi? Hali bu borada juda ko’p o’quv seminarlari, tajriba almashuvlar, ustoz shoirlarimiz, yozuvchilarimizning mahorat darslari (master klaslari) tashkil etilishi lozim.
Bugun shunday tadbirlarning debochasi sifatida tuman XTBda Qo’shtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Yusupov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekov, tuman XTB mudiri Z.Tojiboyev, Yozuvchilar uyushmasi Farg’ona viloyati bo’limi raisi o’rinbosari D.Ergasheva hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchilar bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Umumta'lim maktablarida joriy etilgan ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchilarning vazifalari nimalardan iborat? Bu savol barchamizni qiziqtirishi tabiiydir. Bugun bo’lib o’tgan davra suhbatida ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchilar qanday vazifalarni bajaradilar, degan savollarga batafsil javob berildi.
Ishonchimiz komilki, tumanimiz adabiy muhitida ulkan ijodiy barkamollikka erishish, o’quvchi yoshlarning yangi iste'dod qirralarini kashf etish, yangi renessans davrining yangi ijodkorlar avlodini yetishtirish borasida etarli tajriba va kadrlar zaxirasiga egamiz.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.