Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O’TKAZILDI

×

 2021-04-19 15:46:14    107

PDF yuklash
Chop etish



Tumanning iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga bog’liq. Haftaning har dushanba kuni tumanimizdagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida tashkil etib kelinayotgan “Tadbirkorlar qabuli” xususiy sektor vakillarini har jihatdan qo’llab-quvvatlash, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va to’siqlarni tezkor bartaraf qilish imkonini bermoqda.


Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan o’tkazilgan navbatdagi qabulda 6 nafar xususiy sektor vakillarining murojaatlari, taklif va tashabbuslari atroflicha o’rganildi. Tuman hokimi qabulga kelgan tadbirkorlar bilan samimiy suhbatlashib, ularning taklif va tashabbuslari yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. Har bir murojaat ijrosi o’z vaqtida ta'minlanishi zarurligiga mas'ul mutasaddilar e'tibori qaratildi.


Muloqotda tijorat banklaridan kredit olish, o’z faoliyatini kengaytirish maqsadida qo’shimcha yer ajratish va boshqa masalalarga oid murojaatlar ko’rib chiqildi.


Qabul davomida murojaatlarning aksariyatini joyida hal etilishiga e'tibor qaratildi. Muddat talab etuvchi murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, huquqiy maslahatlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram