Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI ILYOS NOVIKOVNING XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHIGA MUROJAATI

×

 2021-04-16 16:21:22    155

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish va byudjetga tushumlarni ko’paytirish bo’yicha birinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tuman hokimi Ilyos Novikovning Xalq deputatlari tuman Kengashiga Murojaati

Assalomu alaykum hurmatli sessiya ishtirokchilari!

Qo’shtepa tumanida 51 ta mahalla fuqarolar yig’inlari, xonadonlar soni 38,5 ming tani, oilalar soni 51,9 ming tani, aholi soni 193,4 ming kishini, shundan erkaklar 98,9 ming nafarni hamda ayollar 94,5 ming nafarni, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 106,0 ming nafarni, iqtisodiy faol aholi soni 83,2 ming nafarni, iqtisodiy band aholi soni 73,8 ming nafarni (shundan rasmiy sektorda 24,1 ming (32,7 foiz), norasmiy sektorda 49,7 ming nafar (67,3 foiz), ishsiz aholi soni 9 ming 368 nafarni (ishsizlik darajasi 11,3 foiz), chet elga ishlash uchun chiqib ketganlar soni 11,9 ming nafarni tashkil etadi.

Qo’shtepa tumanida o’tgan 2020 yilda yangi kichik biznes sub'ektlari 277 ta tashkil etilib, tuman bo’yicha kichik biznes sub'ektlari soni 1197 taga yetkazilib, bulardan 1134 tasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. (dehqon va fermer xo’jaliklaridan tashqari),

Shundan:

Qishloq xo’jaligi yo’nalishida 122 ta;

Sanoat yo’nalishida 264 ta;

Qurilish yo’nalishida 102 ta;

Savdo yo’nalishida 482 ta;

Boshqa turdagi yo’nalishlarda 164 ta korxonalar faoliyat yuritishmoqda.

Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yengil sanoat yo’nalishida tumanda o’tgan 2020 yilda 1-sektor hududidagi Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududida "GRAF TEXTIL" MChJ tomonidan trikotaj maxsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha loyihani umumiy qiymati 1,0 mlrd so’m bo’lib, shundan tadbirkorning o’z mablag’i hisobidan 550 mln so’m Agro bank tuman filiali krediti hisobidan 450 mln.so’m mablag’lar sarflanib, loyiha ishga tushirildi, natijada 140 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hozirgi kunda jamiyat tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi va 100 dan ortiq ayol-qizlar ish bilan ta'minlandi.

Shu bilan birgalikda 2021 yilda 283 ta kichik biznes sub'ektlarini tashkil etishni o’z oldimizga maqsad qilib olgan holda, shundan 1-chorak uchun 63 ta tashkil etish belgilangan bo’lib, amalda 68 ta yoki 107,9 foizga bajarilgan. 2-chorak uchun 95 ta, 3-chorak uchun 85 ta, 4-chorak uchun 40 ta yangitdan tashkil etilishi belgilangan kichik biznes sub'ektlarini ortig’i bilan bajarilishini ta'minlaymiz.

 

Mahalliylashtirish bo’yicha

Tumanimizda import hajmini kamaytirish maqsadida import o’rnini bosuvchi, eksportbop, raqobatbardosh hamda jahon standarti talablariga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 4,1 mlrd.so’mlik 6 ta loyihalar mavjud.

 

1. “Sardor RRS” MChJ tomonidan hajmi 1200 dona sanitar-texnik jixozlar (unitaz, chashagen, rakovina) ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi yiliga 240,0 mln so’mlik;

2. “Farg’ona Toxirbek fayz” xususiy korxonasi tomonidan hajmi

100 tonna lak-bo’yoq mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi yiliga 400,0 mln so’mlik;

3. “Fiber glass” MChJ tomonidan hajmi 900 dona sanitariya-texnika buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi yiliga

405,0 mln so’mlik;

4. “Kamron Poyabzal” oilaviy korxonasi tomonidan hajmi 10 ming juft bolalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi yiliga 600,0 mln so’mlik;

5. “Olimjon farm medikal” MChJ tomonidan jami 117 ming dona spirtli eritma antiseptik vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi yiliga 926,3 mln.so’mlik;

6. “Darmon fayz farm” MChJ tomonidan jami 280 ming dona “Azitromitsin DEF” dori vositasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi yiliga 1 540,0 mln.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan.

Ushbu korxonalar tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida

802,0 mln.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, belgilangan rejaga nisbatan 130 % ga bajarildi.

Yarim yillikda ushbu 6 ta sanoat korxonalari tomonidan

1 mlrd. 233 mln.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi.

 

Kichik sanoat zonasi bo’yicha

“Yo’ldoshobod” kichik sanoat zonasi, 1-sektorga – 1,29 ga, (tuman hokimining 2019 yil 13 maydagi № 1733-sonli qarori)

“Xavasmand-Qorajiyda” (Yoshlar KSZ) kichik sanoat zonasi,

2-sektorga - 2,29 ga, (tuman hokimining 2021 yil 16 yanvardagi №19-sonli qarori)

“Shomirza” kichik sanoat zonasi, 3-sektorga–

1,0 ga, (tuman hokimining 2020 yil 5avgustdagi № 375-sonli qarori)

“Xavasmand-Qorajiyda” (Yoshlar KSZ) kichik sanoat zonasi,

4-sektorga-2,28 ga, (tuman hokimining 2021 yil

16 yanvardagi № 19-sonli qarori)

Ushbu kichik sanoat zonalariga hozirda tadbirkorlik sub'ektlar tomonidan 41 ta loyihani amalga oshirish bo’yicha takliflar kelib tushgan. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 44,2 mlrd.so’m (shundan tashabbuskorlarning o’z mablag’i hisobidan 43,1 mlrd.so’m, bank krediti hisobidan 1,1 mlrd.so’m)ni tashkil etadi. Buning natijasida 976 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Bank kreditlari bo’yicha

Joriy yilning 1-choragi davomida tadbirkorlik muhitini yuqori darajaga olib chiqish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, xotin-qizlarni hamda yoshlarni tadbirkorlikka yo’naltirish bo’yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 584 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga qiymati 12,6 mlrd.so’mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida

514 nafarga 11,4 mlrd.so’m;

Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarini qo’llab-quvvatlash dasturi doirasida – 1 nafarga

24,5 mln.so’m;

Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida –

36 nafarga 775,0 mln.so’m;

Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash dasturi doirasida – 33 nafar xotin-qizlarga 403,0 mln.so’m;

"Yoshlar-kelajagimiz" dasturi doirasida – 3 nafariga

1,7 mlrd so’m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

 

Bo’sh turgan binolar bo’yicha

Qo’shtepa tumanida idoralararo komissiya tomonidan olib borilgan xatlov natijasida jami 56 ta bo’sh turgan ob'ektlar aniqlangan bo’lib, 1 aprel holatiga 34 ta ob'ektlar ishga tushirishga erishildi.

Ushbu ob'ektlarda jami 3,8 mlrd so’mlik loyihalar amalga oshirilib, 100 nafardan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.

Yil yakuniga qadar qolgan 22 ta ob'ektlarda tarmoq jadvallariga asosan qurilish va jihozlash ishlari amalga oshirilib, bo’sh turgan ob'ektlardan samarali foydalanishga erishiladi.

 

“Tadbirkorlar uyi” bo’yicha

Qo’shtepa tumanda tadbirkorlik sub'ektlarini muammo va takliflarini belgilangan tartibda o’z muddatida hal etish maqsadida tuman markazida “Tadbirkorlar uyi” tashkil etilgan.

“Tadbirkorlar uyi”da tadbirkorlik sub'ektlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi, Agro bank tuman filiali, Xalq banki tuman filiali, Davlat xizmatlari markazi, Qurilish bo’limi, YErmulkkadastr, Elektr ta'minoti korxonasi, Gaz idorasi, “Farg’ona suv ta'minot” MChJ tuman filiali, Tadbirkorlikka ko’maklashish markazi, “Hunarmandlar” uyushmasi tuman bo’limining malakali mutaxassislari safarbar etildi.

Tadbirkorlar uyida 4 ta sektor rahbarlari tomonidan haftada bir marotaba tadbirkorlarni muammo va takliflarni o’rganish, o’z muddatida ijobiy hal etish maqsadida sayyor qabullar o’tkazish bo’yicha grafiklar ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan.

“Tadbirkorlar uyi”ga 2021 yilning o’tgan 1-choragi davomida tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan 73 ta taklif va muammolar kelib tushgan bo’lib, shundan 43 ta

(58,9 %) muammo va takliflar ijobiy hal etilgan, 9 ta (12,3) muammoga qonuniy tartibda tushuntirish berilgan va 21 ta (28,8 %) muammo va takliflar hozirgi kunda ish jarayonida turibdi.

Yo’nalishlar bo’yicha imtiyozli kredit 41 ta, kadastr

16 ta, elektr ta'minoti 2 ta, tadbirkorlik faoliyati 12 ta, hunarmandchilik 2 ta murojaatlar kelib tushgan.

Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar bo’yicha

Qo’shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2019 yil

14 maydagi PF-5718 sonli farmoni ijrosi bo’yicha 2021 yil 1 chorak davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, quyidagi natijalar qayd etildi:

Birinchi, Bosh vazir qabulxonasiga 2021 yil 1 aprel holatiga tadbirkorlar tomonidan yo’llangan jami 99 ta masalalardan iborat murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 36 tasi (36%) qanoatlantirildi, 63 tasiga (64%) tushuntirish berildi (1-jadval).

Ikkinchi, joriy yil 1 aprel holatiga 2021 yilning

1 choragi davomida qabulxona kelib tushgan murojaatlarda ko’tarilgan jami 99 ta masalalarning 84 tasi (85%) tuman-shahar, 12 tasi (12%) viloyat hamda 3 tasi (3%) respublika darajasida ko’rib chiqildi (2-jadval).

Uchinchi, Bosh vazir qabulxonasiga jismoniy shaxslar hamda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan yo’llangan murojaatlarda ko’tarilgan masalalarning 53 tasi bank, moliya va kredit masalalarida, 22 tasi yer masalalarida,

6 tasi infratuzilma masalalarida, 2 tasi soliq masalalarida, shuningdek, qolgan 15 tasi tadbirkorlik faoliyatiga doir boshqa masalalaridadir (3-jadval).

To’rtinchi, 2021 yil 1 aprel holatiga O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarda ko’tarilgan jami 99 ta masalalarning ijro holati tahlil qilinganda murojaatlarning tuman-shaharlar darajasida ko’rib chiqilgan jami 84 ta masalalarning 50 tasi

(60%) huquqiy tushuntirish berish yo’li bilan hal etilgan bo’lsa, 34 tasi (40%) qanoatlantirilgan. Shuningdek, viloyat darajasida ko’rib chiqilgan jami 12 ta masalalarning

11 tasi (91%) tushuntirish berish orqali hal etilgan bo’lsa, 1 tasi (9%) ijobiy hal qilingan. Respublika darajasidagi 3 ta masalalarning 2 tasiga (66%) tushuntirish berilgan,

1 tasi (34%) ijobiy hal etilgan (4-jadval).

Beshinchi, tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasiga yo’llangan murojaatlarda ko’tarilgan jami 99 ta masalalarning 84 tasi (84%) Qo’shtepa tumanidagi vakolatli davlat organlari, idoralar va tashkilotlar tomonidan ko’rib chiqildi. Shu jumladan, mazkur masalalarning 34 tasi

(40%) qanoatlantirilgan bo’lsa, 50 tasi (60%) esa tushuntirish berish orqali hal etilgan (5-jadval).

Masalan, tumandagi Bosh vazir qabulxonasiga yo’llangan murojaatlarda ko’tarilgan masalalarning “Xalq banki” ATB Qo’shtepa filiali tomonidan 20 tasi ko’rib chiqilib, 5 tasi (25%) ijobiy hal qilingan bo’lsa, 15 tasi

(75%) tushuntirish orqali hal etilgan.

“Agrobank” ATB Qo’shtepa filiali tomonidan 25 ta masalaning 13 tasi (52%) ijobiy hal qilingan, 12 tasiga

(48%) tushuntirish berilgan.

Kadastr agentligining Qo’shtepa tuman bo’limi tomonidan 14 ta masala ko’rib chiqilib, murojaatlarning

7 tasi (50%) qanoatlantirilgan, 7 tasi (50%) tushuntirish orqali hal etilgan.

Qo’shtepa tuman hokimligi tomonidan jami 10 ta masala ko’rib chiqilib, 4 tasi (40%) qanoatlantirilgan bo’lsa, 6 tasi (60%) tushuntirish berish orqali hal etilgan. Qo’shtepa tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan esa ko’rib chiqilgan jami 6 ta masalalarning barchasiga tushuntirish berilgan.

Byudjet bo’yicha

O’tgan 2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlariga

80.3 mlrd.so’m reja belgilangan bo’lib xaqiqatda yil yakuniga xolatiga 85.5 mlrd.so’m mablag’ jalb qilinib yillik belgilangan reja 106,5 foizga bajarildi.

Qo’shtepa tumaniga 2021 yil uchun Davlat byudjeti daromadlariga 43.7 mlrd.so’m reja belgilangan bo’lib,

2021 yil yakuni bilan davlat byudjetiga 2021 yil davomida tushumlarni ko’paytirish, yangi ishchi o’rni yaratish, tadbirkorlik sub'ektlari tushumlarini to’lik nazoratga olish, korxonalarni joyiga chikkan holda faoliyat yuritishini ta'minlash va ularning taklif va muammolarini o’rganish va amaliy yordam ko’rsatish, mahalliy byudjet tushumlarini ko’paytirish, kameral nazorat va soliq ma'murchiligi bo’yicha tushuntirish ishlari olib borish hisobiga

46.7 mlrd.so’m mablag’ jalb qilinishi kutilmoqda.

Jumladan,

Birinchidan, aylanmadan olinadigan soliq 4,1 mlrd so’m reja topshirig’i 4,2 mlrd so’m mablag’ jalb etilib rejagan nisbatan 100 mln so’m qo’shimcha mablag’ jalb etilishiga;

Ikkinchidan, jismoniy shaxslar olinadigan yer va mol-mulk soliqlaridan 9,8 mlrd so’m reja topshirig’i 12,0 mlrd so’m mablag’ jalb etilib rejagan nisbatan 1,2 mlrd so’m qo’shimcha mablag’ jalb etilishiga;

Uchinchidan, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan daromad solig’idan 1,4 mlrd so’m reja topshirig’i

1,4 mlrd so’m mablag’ jalb etilishiga;

To’rtinchidan, ishchi-xizmatchilardan undiriladigan daromad solig’i 21,6 mlrd.so’m reja topshirig’i 22,5 mlrd.so’m mablag’ jalb etilib rejaga nisbatan 400 mln.so’m qo’shimcha mablag’ jalb etilishiga;

Beshinchidan, boshqa yo’nalishdagi tushumlardan

6,2 mlrd.so’m reja topshirig’i 7,0 mlrd.so’m mablag’ jalb etilib rejaga nisbatan 800 mln so’m qo’shimcha mablag’ jalb etilishiga erishish kutilmoqda.

2021 yil uchun begilangan reja topshirig’ini yil yakuni bilan

3,0 mlrd.so’m qo’shimchasi bilan so’zsiz ta'minlaymiz.

Joriy yilning 1-chorak uchun davlat byudjeti daromadlariga

9,6 mlrd so’m reja belgilangan bo’lib, amalda 11,3 mlrd so’m mablag’ jalb etilishiga yoki 104,2 foizga bajarilishi ta'minlandi.

2-chorak uchun 10,1 mlrd so’m reja belgilangan bo’lib, amalda

11,1 mlrd so’m yoki 1,0 mlrd so’m ortig’i bilan bajarilishini ta'minlaymiz.

 

Bandlik

Oxirgi uch yil mobaynida Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonlaridan aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta'minlash, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish orqali daromadlarini oshirish, ijtimoiy himoyasini ta'minlash borasida qabul qilingan Farmon va qarorlari bandlik sohasidagi ko’plab muammolarni hal qilish imkonini bermoqda.

Bugungi kunda 193,4 ming.nafar aholiga ega bo’lgan Qo’shtepa tumani xalqi uchun munosib turmush, mehnat sharoitlarini yaratish, kambag’allar va ishsizlar bilan ishlash, yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta'minlash faoliyatimizga baho beradigan eng ustuvor mezondir.

Hurmatli sessiya ishtirokchilari ruxsatlaringiz bilan, Qo’shtepa tumanida 2021 yilda aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag’al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, yangi ish o’rinlarini yaratish borasida amalga oshiriladigan eng asosiy ustuvor yo’nalishlar va vazifalarga qisqacha to’xtalib o’tsam.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda Qo’shtepa tumani bo’yicha mehnatga layoqatli aholi soni 106,0 ming kishini, iqtisodiy faol aholi soni

83,2 ming kishi, band aholi soni 73,8 ming kishini tashkil etmoqda.

Ishsizlar 9368 nafarni (ishsizlik darajasi 11,3%) tashkil etadi.

Birinchidan, yangi ish o’rinlarini tashkil etish bo’yicha davlat buyurtmasi bo’yicha joriy yil yakuni bo’yicha 2148 ta doimiy yangi ish o’rinlari yaratilishi bo’yicha 5 ta yo’nalishda manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

birinchi yo’nalish, tarmoq investitsiya loyihalarni amalga oshirish hisobiga 1 ta loyihada - 225 ta;

ikkinchi yo’nalish, hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 39 ta loyihada - 1164 ta;

uchinchi yo’nalish, Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 4 ta loyihalarda 18 ta;

to’rtinchi yo’nalish, Yangi kichik korxona va mikro-firmalar tashkil etish hisobiga 51 ta loyihalarda 362 ta;

beshinchi yo’nalish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 51 ta loyihalarda 379 ta (shundan hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga 51 ta loyixalarda

144 ta) yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Ma'lumot uchun: 2021 yil I choragi davomida 348 ta yangi ish o’rin yaratish rejalashtirilgan bo’lib, amalda 359 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Belgilangan reja ko’rsatkich 103,2 foizga bajarildi.

Jumladan,

- hududiy investitsiya dasturidagi 4 ta loyihada - 54 ta;

- oilaviy korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish (hunarmandchilik) yo’nalishida - 277 ta;

- yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish hisobiga - 28 ta;

2021 yil 1-yarim yilligida 842 ta yangi ish o’rin yaratish belgilab olindi. Jumladan:

- hududiy investitsiya loyihalarda - 512 ta;

- Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish loyihalarda – 18 ta;

- yangi kichik korxona va mikrofirmalar hisobiga -148 ta;

- yangi oilaviy va yakka tartibdagi tadbirkorlik (hunarmandchilik)ni rivojlantirish hisobiga 164 ta yangi ish o’rinlari yaratish ko’zda tutilgan.

Ikkinchidan, 2021 yil davomida mehnat organi tomonidan 9368 nafar ishsiz aholini quyidagi yo’nalishlarda bandligi himoyasi ta'minlanadi.

Ma'lumot: Ushbu maqsadlar uchun Bandlikka ko’maklashish Davlat jamg’armasi (1132,9 mln.so’m) hamda Jamoat ishlari jamg’armasi hisobidan (1102,9 mln.so’m) jami 2235,8 mln.so’m mablag’ ajratilgan.

1. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarda yaratilayotgan ish o’rinlariga, shuningdek, Aholi bandligiga ko’maklashish markazi yo’llanmasi orqali vakansiya hamda zahiralangan (kvota) ish o’rinlariga 2700 nafar ishsizlar doimiy ishga joylashtiriladi.

2. 261 nafar ishsiz, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning 428,4 mln.so’m subsidiya ajratish orqali shaxsiy tomorqalarida bandligi ta'minlanadi.

3. 1 ta qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi kooperativni tashkil etish orqali 50 nafar ishsiz fuqarolar, shundan

40 nafar ayollarni kooperativ a'zoligiga biriktirish uchun

122,5 mln.so’m subsidiya mablag’lari ajratiladi.

4. 717 nafar ishsiz fuqaro jamoat ishlariga jalb etilib, ularga ish haqi to’lovi uchun 1102,9 mln.so’m to’lab beriladi.

5. Mehnat organlariga ish so’rab murojaat qilgan 293 nafar fuqarolarga 396 mln.so’mlik ishsizlik nafaqalari to’lab beriladi.

6. Joriy yilda jami 665 nafar ish bilan band bo’lmaganlarni kasbga va xorijiy tillarga o’qitiladi. Jumladan,

- “Ishga marhamat” monomarkazi orqali 665 nafar ishsizlar

4 ta ishchi kasblarga (tikuvchilik, pazandachilik, kompyuter, payvandchilik) o’qitiladi;

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan 750 nafar fuqarolarni doimiy va vaqtinchalik ish joylariga jalb etish, kasbga o’qitish, tadbirkorlik va o’z ishini yaratishga rag’batlantirish ishlarini tashkil etiladi.

Aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida joriy yil yakuni bilan tumanda ishsizlik darajasini 11,3 foizdan 10,8 foizga tushirish bo’yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshiramiz.

Ushbu vazifalarni “Tadbirkorlik — aholi bandligining garovi!” g’oyasi asosida tizimli ish tashkil etamiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram