Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-04-15 20:53:35 146
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Dehqon bozori” MChJda bo’lib, bozorda tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi va bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 49 va 50-umumta'lim maktablarida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar tuman hokimi tomonidan o’rganildi. Saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sektor rahbari 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti filialida bo’lib, muassasada bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
I.Novikov tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 85-sonli Eshonguzar qishloq oilaviy poliklinikasida bo’lib, muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko’rsatish sifati va muassasada tashkil etilgan ijtimoiy dorixona faoliyati bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.