Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING SESSIYASIDA

×

 2021-04-15 17:15:21    185

PDF yuklash
Chop etish



Bugun oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining 37-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov raislik qildi. 


Deputatlar 5-Qoraariq saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati X.Parpiyevani sessiya kotibligiga sayladilar.



Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Shuningdek sessiya ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senat a'zosi  I.Sultonov ham qatnashdi.

Sessiyaning kun tartibiga:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2021 yil 8 aprel kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqqa asosan Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish va byudjetga tushumlarni ko’paytirish bo’yicha birinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashiga Murojaati haqida.

2. Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudi va Marg’ilon tumanlararo fuqarolik sudi raislarining fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati borasida 2021 yil birinchi choragi mobaynidagi faoliyatlari yakunlari yuzasidan axborotlari to’g’risida.

3. Qo’shtepa tumani “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati jamg’armasiga tushgan mablag’larni maqsadli sarflanishi to’g’risida.

4. YEr maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko’rib chiqish bo’yicha tuman komissiyasining tanlov natijalari to’g’risidagi yig’ilish bayonlarini tasdiqlash to’g’risida.

5. Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108-son Farmonining 11-bandi ijrosi yuzasidan tumandagi 5, 11, 26, 32, 39 hamda 40-umumta'lim maktablari direktorligiga nomzodlarni tasdiqlash to’g’risidagi masalalar kiritildi.


Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman hokimi I.Novikovning Xalq deputatlari tuman Kengashiga Murojaati tinglandi.

– Qo’shtepa tumanida o’tgan 2020 yilda yangi kichik biznes sub'ektlari 277 ta tashkil etilib, tuman bo’yicha kichik biznes sub'ektlari soni 1197 taga yetkazilib, bulardan 1134 tasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda, (dehqon va fermer xo’jaliklaridan tashqari) – deydi o’z murojaatida tuman hokimi I.Novikov. – Shundan: 

Qishloq xo’jaligi yo’nalishida 122 ta;

Sanoat yo’nalishida 264 ta;

Qurilish yo’nalishida 102 ta;

Savdo yo’nalishida 482 ta;

Boshqa turdagi yo’nalishlarda 164 ta korxonalar faoliyat yuritishmoqda.

Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yengil sanoat yo’nalishida tumanda o’tgan 2020 yilda 1-sektor hududidagi Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi "GRAF TEXTIL" MChJ tomonidan trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha loyihaning umumiy qiymati 1,0 mlrd so’m bo’lib, shundan tadbirkorning o’z mablag’i hisobidan 550 mln so’m Agro bank tuman filiali krediti hisobidan 450 mln.so’m mablag’lar sarflanib, loyiha ishga tushirildi, natijada 140 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hozirgi kunda jamiyat tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi va 100 dan ortiq ayol-qizlar ish bilan ta'minlandi.

Shu bilan birgalikda 2021 yilda 283 ta kichik biznes sub'ektlarini tashkil etishni o’z oldimizga maqsad qilib olgan holda, shundan 1-chorak uchun 63 ta tashkil etish belgilangan bo’lib, amalda 68 ta yoki 107,9 foizga bajarilgan. 2-chorak uchun 95 ta, 3-chorak uchun 85 ta, 4-chorak uchun 40 ta yangitdan tashkil etilishi belgilangan kichik biznes sub'ektlarini ortig’i bilan bajarilishini ta'minlaymiz.

I.Novikov Xalq deputatlari tuman Kengashiga qilgan Murojaatida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish va byudjetga tushumlarni ko’paytirish bo’yicha birinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlarga batafsil to’xtalib o’tdi.


Sessiyada Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudi raisi A.Ergashev va Marg’ilon tumanlararo fuqarolik sudi raisi X.Xakimovlar fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati borasida 2021 yil birinchi choragi mobaynidagi faoliyatlari yakunlari yuzasidan axborot berishdi.


Kun tartibidagi 3-4 masalalar yuzasidan tuman hokimining o’rinbosari – Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Kamilov hamda Kadastr agentligi Qo’shtepa tuman bo’limi boshlig’i R.Axmadaliyevlarning axborotlari ham tinglandi. 


Sessiya davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108-son Farmonining 11-bandi ijrosi yuzasidan tumandagi 5, 11, 26, 32, 39 hamda 40-umumta'lim maktablari direktorligiga nomzodlar tasdiqlandi.


Sessiyada yuqoridagi umumta'lim maktabi direktorlari lavozimi uchun bir necha nomzodlar taklif etildi. Nomzodlar direktor sifatida maktabda olib borajak faoliyatlari, oldilariga qo’ygan vazifalari bo’yicha rejalarini taqdimot qilishdi. Sessiyada yuqoridagi umumta'lim maktablarining yangi rahbarlari deputatlarning ovoz berishi natijasida saylandi va tasdiqlandi.


Deputatlar sessiya kun tartibiga qo’yilgan barcha masalalar yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirib bordilar. Kun tartibiga qo’yilgan har bir masala yuzasidan deputatlar Sh.Sharapov, A.Nabiyev, A.Abdulmalikovlar tomonidan aniq taklif va mulohazalar o’rtaga tashlandi. 


Sessiya kun tartibiga qo’yilgan barcha masalalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.


Sessiya ishidan so’ng taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. “Parlament o’yinlari” sport musobaqasida ishtirok etgan Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashi deputatlari A.Axmadjonov, S.Azimov, O.Boboraximov, B.Axmadjonov va D.Muradovlarga tuman hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi. Sportchi deputatlar bo’lib o’tgan musobaqalarda sportning tennis va voleybol turlari bo’yicha viloyatimizda faxrli 2-o’rinni egalladilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram