Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-04-15 10:09:55 239
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tumanda “Mahallabay” ishlash tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash ularni bartaraf etish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganib, mas'ul rahbarlar ishtirokida muhokama qildi. Tuman rahbari tomonidan sohada yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
36-umumta'lim maktabida bo’lgan tuman hokimi o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo’limi “Fayz” shaxobchasida bo’lib, muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko’rsatish sifati va muassasada tashkil etilgan ijtimoiy dorixona faoliyati bilan ham tanishdi. Muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Shukur Davlat” ko’p tarmoqli xususiy tijorat fermasida bo’lgan tuman rahbari xo’jalikda parvarishlanayotgan nasilli chorva mollar sonini oshirish, aholiga sifatli va arzon go’sht, sut va sut mahsulotlari yetkazib berish bo’yicha o’z takliflarini berdi.
I.Novikov tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.