Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI”
2021-04-15 09:46:41 189
Yoshlarning fikrini tinglash hamda ularning muammolarini o’rganish, e'tirozlariga sabab bo’layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning “Hokim va yoshlar uchrashuvi” loyihasi doirasidagi uchrashuvi hududlarda muntazam ravishda yo’lga qo’yib kelinmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Qiyqiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Yoshlar markazida bo’lib o’tdi. Unda tuman hokimining o’rinbosarlari hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari bilan tanishgan tuman rahbari Prezidentimiz rahnamoligida tumanimizda olib borilayotgan keng ko’lamli o’zgarishlar, yangilanishlar, kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida batafsil ma'lumot berdi.
Ochiq va samimiy ruhda o’tgan uchrashuvda yoshlarga taalluqli barcha dolzarb masalalar keng va to’laqonli qamrab olindi.
Uchrashuvda “Yoshlar daftari”dagi 13 nafar yoshlar ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan masalalar va tashabbuslari, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimiga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilib, savollariga javob olishdi.
Tuman hokimi tomonidan yoshlarning muammo va takliflarini ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilangan holda tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.