Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-04-12 22:31:12    88

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Farg’ona viloyati hokimi X.Bozarov rahbarligida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021 yil 4-5 fevral kunlari Farg’ona viloyatiga tashriflari yakuni buyicha 11 fevral kuni tasdiqlangan 7-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, viloyat hududida “Xavfsiz xovli” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar ahvoli va jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha olib borilayotgan ishlar tahlili, joriy yil 2-choragi uchun Farg’ona viloyatiga belgilangan byudjet daromadlar prognoz ko’rsatkichlari, shu jumladan qo’shimcha reja-topshiriq ijrosi hamda jismoniy shaxslardan yer va mol-mulk soliqlarni undirish bo’yicha amalga oshirilishi zarur bo’lgan muhim vazifalar, shuningdek, boshqa bir qator masalalar yuzasidan videoselektor tarzida o’tkazilgan hokimlik soatida ishtirok etdi.


Tuman rahbari qizil hududdagi Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Imtiyozli kredit asosida oilaviy tadbirkorlikni yo’lga qo’ygan fuqarolarning ish faoliyati bilan ham tanishdi. Sohada yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 4-umumta'lim maktabida bo’lgan I.Novikov o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Sektor rahbari 1-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti filialida bo’lib, muassasada bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Muassasada sanitariya gigiyeniya qoidalariga amal qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


 “Shodlik farm” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalari sifatini oshirish, faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.


Fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Shu bilan bir qatorda “Chigit ekish, parvarishlash hamda g’alla agrotexnikasini amalga oshirish bo’yicha” 1-sektor shtabi faoliyati bilan tanishib, kunlik ishlarni muvofiqlashtirish hamda tunu-kun ishlashni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Bugun O’zbekiston Respublikasi Senati a'zolari ishtirokida tumanda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka yo’naltirish hamda ijtimoiy qo’llab-quvvatlash borasida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Shuningdek, Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tadbirlikka yo’naltirish hamda tomorqadan unumli foydalanishni yo’lga qo’yish, nogironligi bo’lgan uy-joyga muhtoj sifatida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni uy-joylar bilan ta'minlash maqsadida mukammal ta'mirdan chiqarilgan uy-joylar bilan tanishildi.


Tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikovning joylarda o’tkazilgan sayyor qabullari davomida hamda 1-sektor shtabiga tibbiyot yo’nalishida ish so’rab murojaat qilgan fuqarolarni belgilangan tartibda saralash maqsadida bugun tuman tibbiyot birlashmasining mas'ul xodimlari ishtirokida ish izlovchi sifatida ro’yxatga olingan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram