Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORONAVIRUS INFEKTSIYASIGA QARSHI EMLASH DAVOM ETMOQDA

×

 2021-04-12 15:12:04    148

PDF yuklash
Chop etish



Butun mamlakatimizda bo’lgani kabi Qo’shtepa tumanida ham koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirlari olib borilmoqda. Tumanimiz hududi uchun koronavirus infektsiyasiga qarshi profilaktik emlash maqsadida jami 1200 doza AstraZeneca va 1000 doza Xitoy O’zbekiston olimlari hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi olib kelindi.

Shuni alohida ta'kidlash jozki, mazkur muhim tibbiy tadbirga har tamonlama puxta tayyorgarlik ko’rildi.


Vaktsinatsiya ishlari tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 4 ta ta QOP , 4 ta QVP, Langanr ambulatoriyasi va markaziy ko’p tarmoqli polikilinikada emlovchi hamshiralar tomonidan olib borilmoqda.


– 2021 yilning 8 aprelidan boshlab COVID-19 ga qarshi AstraZeneca va ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinalari bilan bir paytning o’zida emlash ishlari boshlandi, – deydi tuman SEOM bosh vrachi Ilhomjon Madumarov. – Emlash tadbirlariga dastlab tumanimizdagi 65 yoshdan yuqori bo’lgan aholi va tibbiyot xodimlari jalb qilindi. Bugungi kunga qadar hududimizda istiqomat qiluvchi 65 yoshdan yuqori bo’lgan 852 nafar va 267 nafar tibbiyot xodimi, jami 1119 nafar fuqaroga emlash ishlari o’tkazildi. Ta'kidlash joizki, shu kungacha emlangan aholi orasida nojo’ya ta'sir yoki belgilar bilan ro’yxatga olinganlar qayd etilmadi.


Mutaxascislarning ta'kidlashicha, emlash ishlari faqat shifokor tekshiruvidan o’tkandan so’ng amalga oshiriladi. Emlangan fuqaro shifokor va patronaj hamshira nazoratida bo’ladi. Xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamida koronavirusga qarshi ertaroq emlanishga xohish paydo bo’lsa, u holda ular hududiy oilaviy poliklinikalarda joylashgan emlash punktlariga murojaat qilishi va belgilangan kunda kelib emlanishi mumkin.


Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram