Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUD IDORALARI SAYYOR QABUL O’TKAZDI

×

 2021-04-12 14:07:15    83

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazida” Farg’ona viloyati ma'muriy sudining raisi D.Maxamatov, Farg’ona viloyat ma'muriy sudining sudyasi N.Xadjimatov, viloyat sudining sudyalari A.Xabibullayev, F.Xatamkulov, Farg’ona tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi X.Jamoliddinov, fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining sudyasi I.Ibragimov hamda jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudi hamkorligida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi.


Tadbirda tuman hokimligi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdi. Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o’rganib chiqildi.

Sayyor qabul davomida 39 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ularga huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, fuqarolar o’rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ularning huquqiy bilimi va madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati sud amaliyotidagi misollar bilan tushuntirildi. 


Shuningdek, sayyor qabul jarayonida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga sudyalar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Avazjon ERGAShEV,

jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram