Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-04-09 23:03:41    95

PDF yuklash
Chop etish



Tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun qizil hududdagi G’ishtmon mahallasida bo’lib, “Mahallabay” tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh faoliyati bilan tanishdi. Mahallada obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 8-umumta'lim maktabida bo’lgan tuman rahbari o’quv jarayonlari hamda qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


I.Novikov Borot mahalla fuqarolar yig’inida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Asmu Zinnura” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, korxonada ishlab chiqarilayotgan tirkotaj mahsulotlari sifatini oshirish, eksportni yo’lga qo’yish, ishlab chiqarish xajmini oshirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’zining takliflarini berdi. Shuningdek, “Nusratillo” xususiy korxonasi tomonidan hududda yangi tashkil etilayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda tadbirkor X.Mirzayev tomonidan tashkil etilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari saqlash ombori loyihalari bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan tashabbuskorlarga loyihalarni qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman hokimi fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, chigit ekish mavsumida ishtirok etayotgan mexanizatorlarga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram