Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KICHIK SANOAT ZONALARI TASHKIL ETILMOQDA

×

 2021-04-09 15:41:45    96

PDF yuklash
Chop etish



O’z biznesini yo’lga qo’yaman degan tadbirkorga nima kerak? Eng avvalo uzoq yillar naf beradigan puxta g’oya, agar u ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lsa yetarli maydon, sharoit va emin-erkin ishlash uchun imkoniyat. U yog’iga o’zi tortib ketadi.

Darhaqiqat joylarda ishbilarmonlik sub'ektlarining mujassam faoliyatini yo’lga qo’yishga mo’ljallangan zarur infratuzilmaga ega kichik sanoat zonalarining tashkil etilishi tadbirkorlarimizga imkoniyat eshiklarini ochdi. 


Qo’shtepa tumanida ham Yo’ldoshobod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, tadbirkorlar o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Shomirza, Yoshlar kichik sanoat zonalarida esa qizg’in ish jarayoni ketmoqda. Kelgusida ushbu kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlarning sa'y harakatlari bilan bir nechta ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi, hudud aholisi ishli bo’ladi. Ichki va tashqi bozor uchun sanoat mahsulotlarining turi ko’payadi.


Tuman hokimini o’rinbosari – investitsiya va tashqi savdo bo’limi boshlig’i O.Akbarov tumandagi barcha kichik sanoat zonalarida bo’lib, tadbirkorlar tomonidan olib borayotgan ishlar hamda ularning istiqbolli biznes loyihalari bilan tanishdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram