Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KITOBXONLIK HAFTALIGI”: IJODIY UCHRASHUV

×

 2021-04-09 13:21:07    95

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimiz bo’ylab davom etayotgan “Kitobxonlik haftaligi”da qo’shtepaliklar ham faol ishtirok etmoqdalar. Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan boshlangan mazkur haftalik tumanimiz bo’ylab keng quloch yozdi.

Navbatdagi tadbir Axborot-kutubxona markazi xodimlari va 20-umumiy o’rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda o’tkazildi. Maktabning 5-6 sinflari o’rtasida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda shoira Faridaxon Yunusovaning “Baxt sog’inchi” nomli ilk she'riy to’plamining taqdimoti bo’ldi. 

Ijodiy uchrashuv davomida Axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya bo’limi rahbari Mahbubaxon Xoshimova so’z olib, yig’ilganlarga yurtimiz bo’ylab davom etayotgan “Kitobxonlik haftaligi” va uning ahamiyati haqida gapirib, qo’shtepalik shoira Faridaxon Yunusovani tanishtirdi.


Tadbir davomida Faridaxon Yunusova “Baxt sog’inchi” nomli kitobi va uning yaratilish tarixi haqida o’quvchilarga so’zlab, kitobidan joy olgan she'rlaridan o’qib berdi. 


Ijodiy uchrashuv savol-javoblarga va taassurotlarga boy tarzda o’tdi. Kechada o’quvchilardan Ruhshona Rustamova, Mohlaroy To’lqinovalar ham o’zlari yozgan she'rlaridan o’qib berdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram