Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN KENGASHINING SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2021-04-08 16:02:02    146

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining 36-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov raislik qildi. 

Deputatlar 19-O’qchi saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati B.Axmadjonovni sessiya kotibligiga sayladilar.


Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi 1 va 2 masala: “2020 yilda investitsiya loyihalarini va boshqa dasturlar doirasida yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash prognoz ko’rsatkichlarini bajarilishi hamda 2021 yilda aholi bandligini ta'minlash bo’yicha tuman Dasturini tasdiqlash haqida”, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2020 yil 24 sentyabr kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko’rsatkichariga ko’ra faoliyati “o’rta” va “qoniqarsiz” va “yaxshi” baholangan tumanda ko’rsatkichlarni yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko’rilayotgan chora-tadbirlar va ularning samaradorligi haqida”gi masalalar yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari A.Yunusovning axborti tinglandi.

Shuningdek, sessiyada tuman hokimining o’rinbosari A.Yusupov, tuman hokimining o’rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i O.Akbarov hamda tuman hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari F.Urinovlar ham axborot berdilar.


Sessiya davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, tumandagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi mudiri A.Usmonov, tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi boshlig’i M.Xakimov, Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi A.Akbarovlarning axbortlari ham tinglandi.


Shundan so’ng kun tartibidagi keyingi masala “Aholini muhtoj qatlamlarini “temir daftar”ga kirgizish, mehnatga layoqatli a'zolarni daromad manbaini oshirish va bandligini ta'minlash orqali ularni “temir daftar”dan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida” sektor rahbarlari, “Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida “Xalqparvar” jamoatchilik komissiyasini tashkil etish to’g’risida”gi masala yuzasidan Xalq depututlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Qodirovlar axborot berdilar.


Sessiyada kun tartibidagi muhokama etilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi va ular fikr-mulohazalarini bildirib o’tdilar. Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining 36 sessiyasida ko’rilgan barcha masalalar bo’yicha qaror qabul qilinib, deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram