Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

E'TIBOR, E'TIROF AYOLNI RUHLANTIRADI, YANGI MARRALARGA UNDAYDI

×

 2021-04-07 20:32:50    175

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida “Ayollar daftari”ga 1656 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo’lib, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash va qo’shimcha daromad manbalarini yaratib berish choralari ko’rilmoqda. Bugun tumanimizda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolari hal etilib, tikuvchilik, hunarmandchilik, kasanachilik orqali ularning bandligi ta'minlanmoqda. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 33 nafar xotin-qizlarga o’z tadbirkorliklarini yo’lga qo’yish uchun tuman Xalq banki filiali tomonidan 433 million 293 ming so’m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Maxsudaxon Sotvoldiyeva “Yangiriq” mahalla fuqarolar yig’inida yashaydi. U mahalladagi “Ayollar daftari”ga huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar toifasi bo’yicha kiritilgan.

Maxsudaxon va uning turmush o’rtog’i mavsumiy ish ortidan ro’zg’or tebratishadi, uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Maxsudaxon qo’li gul chevar, buyurtma asosida mahalladagi ayollarning kiyim-kechaklarini tikadi. Pandemiya davrida turmush o’rtog’i Jaxongir bir muddat ishsiz qolgach, bu oila ham ro’zg’or tebratishga bir oz qiynaldi.

Duradgorlik bilan shug’ullangan Jaxongir ayni kunlarda mavsumiy ishini yana davom ettirmoqda. O’z oilasining daromadini orttirish uchun Maxsudaxon tikuvchilik tsexi ochishga qaror qildi. Uning taklifini turmush o’rtog’i qo’llab quvvatladi. 


Xalq bankining tuman filialidan ajratilgan o’ttiz million so’m imtiyozli kredit mablag’i hisobiga Maxsudaxon 5 ta tikuv mashinasi xarid qildi. Mahalladagi tadbirkor Donyor Murodov tomonidan qurib bitkazilgan yangi binoni ijaraga olib, shu joyda faoliyatini yo’lga qo’ydi.  


Bugun tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari M.Mo’ydinova tikuvchilik tsexining ochilishida ishtirok etib, ayolning rejalari bilan tanishdi.


Maxsudaxon Sotvoldiyeva hozirda mahalladagi 5 nafar ayollarni ish bilan ta'minladi. Yaqin kunlar ichida tsexni kengaytirish va qo’shimcha ishchi o’rinlari yaratish niyatida. 


– Pandemiya paytida mahalladoshlarimni ish bilan ta'minlash uchun qilgan harakatlarimga tuman rahbarlari yaqindan yordam berishdi, – deydi, Maxsudaxon Sotvoldiyeva. – Chevar ayollarimiz bilan birga buyurtma asosida futbolka tikishni boshladik, maosh ishbay. Buyurtma ko’paysa, yana mahallamizdagi tikuvchi ayollarni ishga olamiz.

Bugun davlatimiz rahbari tomonidan “Ayollar daftari” deya boshlab berilgan xayrli ish tumanimizning barcha hududlarida tizimli davom etmoqda. Muxtasar qilib aytganda, yurtimiz xotin-qizlariga ko’rsatilayotgan e'tibor, imkoniyatlarga havas qilsa arziydi. Yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar albatta, Maxsudaxon Sotvoldiyeva singari ayollarimizda mehnatga, qobiliyatini ro’yobga chiqarishga, yangi g’oyalar ustida ishlashga, tashabbuskorlik ko’rsatishga ishtiyoq uyg’otishi, yangi-yangi yutuq va marralar sari yetaklaydi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram