Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TURMUSH MADANIYATI XONADON OSTONASIDAN BILINADI

×

 2021-04-06 17:19:23    403

PDF yuklash
Chop etish



Shuning uchun ham mamlakatimizda har yili "Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturi doirasida bir necha yuzlab qishloqlar, mahallalar ajratilgan bir necha millionlab mablag’lar evaziga obodlik sari yuz tutib, aholi turmush tarzi zamonamizga munosib tarzda bosqichma-bosqich ko’tarilib bormoqda. Yurti obodning ko’ngli oboddir, deydilar. Ko’ngli obodning esa ishida unum, hayotida mazmun bo’ladi. Mahallalardagi ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash orqali, ularning turmush darajasini ko’tarishga erishilyapti. Birgina tumanimizdagi "Istiqbol" mahallasida 16 ta oila ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib "Temir daftar"ga kiritilibdi. Bundan tashqari, belgilangan mezonlar asosida "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" ro’yxatidagi fuqarolar ham bor.

Ularning barchasi qo’llab-quvvatlashdan umidvor. Xo’sh, "Obod qishloq" dasturiga kiritilgan "Istiqbol"liklarning ehtiyojmand oilalari qanday qo’llab-quvvatlanmoqda? Prezidentimiz—Qurolli Kuchlarimizning Oliy Bosh qo’mondoni Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmandlarni kambag’allik darajasidan chiqarishdek olijanob harakatda askarlarning ishtirokini ta'minlash xalq bilan armiya birligining o’ziga xos namunasi bo’la olishini ilgari surdilar. Bu ezgu harakat  birgina "Istiqbol" mahallasidagi 16 ta xonadon misolida qisqa davr—bir oy ichida o’zini namoyon eta oldi. O’tgan haftada mahallaga tashrif buyurgan Mudofaa ishlari vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov ana shu xonadonlarda askarlar tomonidan amalga oshirilgan qurilish-ta'mir, ekin-tikin ishlarini birma-bir ko’zdan kechirib, amalga oshirilgan ishlardan qoniqish hosil qildi.


"Meros" ko’chasidagi mana bu xonadon bekasi Saodatxon Umarovaning turmush o’rtog’i bundan to’qqiz yil ilgari vafot etgan, voyaga yetmagan ikki o’g’li bor. Hovli devori suvoqsiz, darvoza o’rnatilmagan, bir uyining eshik-romlari ham yo’q. Tandir, o’choq qurilmagan, tomorqaga ekin-tikin qilish uchun ham  jismoniy, ham moddiy imkoniyati etmaydi. "Dehqonobod", "Meros", "Murabbiylar", "Obod", "Oqbilol", "Zakovat", ko’chalarida yashovchi Ma'muraxon Turg’unova, Mo’'tabarxon Nurmatova, Shohsanam Orifjonova, Muharramxon Mamadaliyeva, Inobatxon Abdukarimova, Gulbahor Ashurova, Zuhraxon Yusupova, Malikaxon Ibrohimova, Sanobarxon Ayboshova, Ro’zixon Qurbonova singari ehtiyojmandlar xonadonlarida ham uy-joyini ta'mirlash, o’qdevor urish, guvala devorlarni suvoqdan chiqarish, o’choq-tandir, subsidiya asosida beriladigan parrandalar uchun tovuqxona qurish, molxonalarini tartibga keltirish, kattagina tomorqalarini ekin-tikinga tayyorlashdek yumushlarni bajarishning o’zi bo’lmaydi.

Bahorning birinchi kunidanoq bu erga safarbar etilgan askarlar Saodatxon va mahalladoshlari joniga oro kirdilar. Ularning yoshlarga xos shijoatli harakatlari bilan oilalar daromad manbaiga ega bo’lishi uchun tomorqalarga subsidiya asosida bir-ikki sotixli issiqxonalar qurildi. Qolgan qismlari ekishga tayyorlanib, aksariyatiga ertaki kartoshka, sabzi, issiqxonalarga pomidor, bodring, bulg’ori va achchiq qalampirlar ekildi. Endi askarlar eng shimarib, qurilish-ta'mir ishlariga kirishib ketdilar. Martning oxirigacha 16 ta xonadonning deyarli hammasi uchun rejalashtirilgan ishlar poyoniga yetkazildi. "Askarlar qilgan ishlari ustalarnikidan yaxshi bo’lsa-yaxshiki, ulardan qolishmaydi,—deydi mahalla fuqarolar yig’ini raisi Sayfullo Umarov har bir xonadondagi ishlarni sinchkovlik bilan ko’zdan kechirayotgan vazirga.—Hokimimiz, sektorimiz rahbari shifermi, g’ishtmi, ohak yoki bo’yoqmi, namaiki zarur bo’lsa, uzluksiz yetkazib berishlarini tashkil etdilar. Tandir-o’choqlarni ham xuddi ustalardek barpo qilishdi, baraka topishsin.


—Xonadonlarga barcha qurilish-ta'mirlash, issiqxona materiallari, homiylik yordami asosida keltirildi,—deydi vazirga hamrohlik qilgan tuman hokimi, birinchi sektor rahbari Ilyosbek Novikov.—Issiqxona va tomorqaga ekilgan urug’lik va ko’chatlar ham bepul berildi.

—Bizga ko’rsatilgan g’amxo’rlikdan minnatdormiz,—deydi "Meros" ko’chasining 9-uyida istiqomat qilayotgan Saodatxon Umarova.—Turmush o’rtog’im vafot etganlariga to’qqiz yil bo’ldi. Agar bizni "Temir daftar"ga kiritib, yordam ko’rsatmaganlarida hali voyaga yetmagan ikki farzandim bilan nima ham qila olardim, oilamiz bora-bora kambag’allashib boraverardi.

Uy-joylarimiz ta'mirlanib, ko’ngillarimiz ko’tarildi. Mana endi o’g’illarim bilan mana bu issiqxonaga, tomorqaga askarlar ekib bergan pomidor, qalampir, kartoshka, sabzini parvarishlab, daromadga kiramiz. Tovuqxona qurib, keltirib berilgan tovuqlar ham tuxumga kirgan ekan. Davlatimiz eng yaqin jigarlarimizdan ham ziyoda mehribonlik qildi. Avvalo Prezidentimizdan, hokimimizdan, bizning og’irimizni yengil qilgan askar yigitlardan juda minnatdormiz. Shu akalarini ko’rib, o’g’illarim ham harbiylikka qiziqib qolishdi.

—Yolg’iz onam bizni oyoqqa qo’yish uchun juda qiynalayotgan edilar,—deydi "Dehqonobod" ko’chasidagi 29-uyda yashovchi Ma'muraxon Turg’unovaning voyaga yetmagan o’g’li ko’zlarini jovdiratib.—Askar akalarim kelib hamma uylarimizni chiroyli qilib ta'mirlab berishdi. Hovlimiz endi boshqalarnikidan ajralib turmayapti. Issiqxonadagi, yerimizdagi ekinlarimizni ham ekib berdilar. Endi onam, ukam ikkalamiz ularni yaxshi parvarish qilamiz. Bizga otalik qilgan hammaga rahmat.

Bunday so’zlarini uy-joylari ta'mirlangan, tandiru o’choqlari tartibga keltirilgan har bir xonadon bekasi chin dildan aytib, duoga qo’l ochdi. Ma'lum qilishlaricha, shu ko’chaning 8-uyidagi maktabni bitirib, ish so’rab murojaat qilgan Matlubaxon Mirzayevaga 30 sotixli yer ajratib, dehqonchilik qilishi uchun barcha imkoniyat yaratib berilibdi. Zokirjon Latipovning kelini farzandi bilan "Ona-bola" sihatgohida davolanib kelishibdi.

Vazir askarlarning bunyodkorlik ishlarini ko’zdan kechirib, xonadonlar ahli bilan samimiy suhbatlasharkan, uy-joylarni saranjom-sarishta saqlashga, Allohning ne'mati bo’lgan ona yerdan daromad olishga mablag’ zarur emas, mehnatdan qochilmasa, hamma narsa izga tushadi, buni unutmaslik kerakligini uqtirdi.

Ko’rsatilgan e'tibor va g’amxo’rlik tufayli kambag’allikdan chiqqan oilalarga bundan buyon mana shunday turmush tarzini saqlab qolish zarurligini qayta-qayta ta'kidladi.


Dehqonobodda o’ttiz yillardan buyon huvillab yotgan, turar joyga mo’ljallangan to’rtta ikki qavatli chala qurilish bu yerga kelgan har qanday odamning e'tiborini tortib, g’ashini keltirmay qolmasdi. Birinchi sektor hududidagi shu qishloqning o’zida ham uy-joyga muhtojlar bor. "Obod qishloq" dasturi uchun ajratilgan mablag’ning bir qismini shu qurilishlarga jalb etib, ana shunday odamlar ehtiyojini qondirish mumkin emasmi?!

Bu xayrli ish boshlab yuborildi. Uning qurilishini poyoniga yetkazish Akbarshoh nomli mas'uliyati cheklangan jamiyat quruvchilariga topshirildi. Quruvchilar sardori Sobirxon Ismoilov yigirma nafar ishchi bilan faoliyatni jadal boshlab yuborishdi. Hozirgacha uchta binodagi ikki, uch, to’rt, besh xonali xonadonlar bitkazildi. Ularning to’qqiztasi hokimlik balansiga olinib, boshida panohi, xalqona qilib aytganda, vatani yo’q to’qqiz oilaga bepul topshiriladi. Xonadonlarga kirib, ko’rgan odamning havasi keladi. Oshxona, mehmonxona, yotoqxona, bolalar xonalari eng zamonaviy jihozlar bilan to’ldirilgan. Shu kunlarda tashqi yo’laklar, dam olish joylari bunyod etilyapti. Oldidagi maydonga futbol maydonchasi qurilarkan.



—Shu ishlarning boshida turgan hokimga ming rahmat,—deydi vazir jarayonni kuzatib.—Bu tashabbus bilan ham qishloq obod bo’lyapti, ham odamlarni yuksak turmush madaniyatiga o’rgatish barobarida ularning ko’ngillari olinyapti, hayotiga mazmun kiryapti. Endi hamma gap obodlikni, go’zal turmushni barqaror saqlab qolishda qoladi.

—Men qishloqdagi 4-umumta'lim maktabida o’qituvchilik qildim,—deydi Munavvarxon Hoshimova vazirga yuzlanib.—Hozir nafaqadaman. Qishlog’imizdagi obodlikdan ko’ngillarimiz tog’ qadar yuksalyapti, desam mubolag’a emas. Bo’layotgan mana bu bunyodkorliklar har bir qishloqdoshimizni xursand qilyapti. Sizni butun "Istiqbol"liklar nomidan ishontirib aytamanki, shunday turmush tarzini hamisha saqlaymiz. Chekka qishloqlar xalqining hayotini o’ylayotgan, obodonchilik uchun katta-katta mablag’lar ajratib berayotgan Prezidentimiz, hukumatimizga mingdan-ming rahmat.—Munavvarxonning fikrini-yana bir Munavvarxon Oripova, Zuhroxon Turg’unovalar ham ma'qullaydilar.

—Biz ham mahalla ahli obod turmushi barqarorligini nazoratga olamiz,—deydi hokim.—Mana xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchimiz Muhabbatxon opa Mo’ydinova ham shu yerda. Xonadon, mahalla obodligiga jonsarak opa-singillarimiz mas'ul bo’lsalar, ishimiz ko’ngildagidek bo’ladi.


Vazir mahallada obodlik yo’lida olib borilayotgan ishlarda askarlarning ishtirokidan, odamlarning kayfiyatidan, ularni rozi qilish borasida sektorlar rahbarlarining intilishlaridan ko’ngli to’lib qaytadi.

Xayolimizda esa u kishining bir fikri aylanadi: odamlarni turmush madaniyatiga, obodlikka qalban o’rgatish kerak. Ko’ngli, qalbi obodning ostonasi, demakki, Vatani obod bo’ladi!

Xadichaxon KARIMOVA,

Umida XUDOYBERGANOVA.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram