Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-04-05 21:41:20 190
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov 31-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti filialida bo’lib, muassasada bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Muassasada sanitariya gigeniya qoidalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish kerakligi yuzasidan mas'ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.
Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 34-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari hamda qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
I.Novikov Solijonobod mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi "Nurli Kelajak Ziyosi" mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari yaratish yuzasidan tegishli takliflar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimi F.Usarov rahbarligida tumanda jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini tizimli tashkil etish hamda sektorlar tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va ularni tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Shuningdek, Yoshlar markazida tuman hokimi va 1-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, hudud profilaktika inspektorlari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.
Tuman hokimi tomonidan Katta boltako’l mahalla fuqarolar yig’ini hududida yengil konstruktsiyali “Ziyo maskani” hamda “Eko bozor” tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganilib, tadbirkorga qonunda belgilangan tartibda qurilish ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Farg’ona viloyati prokurorining o’rinbosari F.Ismoilov, Farg’ona viloyati Qishloq xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i A.Qodirov, “Sirdaryo-So’x” irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi boshlig’i A.Fozilov hamda sektor rahbarlari 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi, chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.