Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“AYOLLAR DAFTARI”- MUAMMOLAR YECHIMIGA ELTUVCHI YO’L
2021-04-04 17:31:56 168
Davlatimiz rahbari tomonidan “Ayollar daftari” deya boshlab berilgan xayrli ish bugun barcha hududlarda tizimli davom etmoqda. Xususan, Qo’shtepa tumanida tashkil etilgan ishchi guruh vakillari ham uyma-uy yurib, har bir fuqaro bilan suhbat qurib, ular ishtirokida so’rovnomalarni to’ldirdilar. Buning natijasida 30 yoshdan yuqori bo’lib, ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo’llab-quvvatlashga, bandligini ta'minlashga ehtiyoji bo’lgan ayollar “Ayollar daftari”dan joy oldilar. Bugungi kunda Qo’shtepa tumanida “Ayollar daftari”ning yuritilishi bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Har bir mahalla fuqarolar yig’inida maxsus ishchi guruh shakllantirildi. Ayollarning muammolari o’rganilib, ularni qiynayotgan turli sohalardagi chigalliklar o’z yechimini topmoqda.
Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirining birinchi o’rinbosari Gulnora Marufova rahbarligidagi ishchi guruh a'zolari Qo’shtepa tumaniga tashrif buyurib, “Ayollar daftari”ning yuritilishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ishchi guruh a'zolari Qo’shtepa tumanida “Ayollar daftari”ga ro’yxatga olingan xotin- qizlarlarning muammolarini bartaraf etishga ko’mak berish maqsadida sektor a'zolari bilan mahalla fuqarolar yig’inlari ma'sul xodimlarining hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlarini o’rgandilar va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan uslubiy amaliy yordam berdilar.
“Qiyqi” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 1-sektor shtabida bo’lib o’tgan tadbirda tuman hokimining o’rinbosarlari, sektor hududidagi 15 ta mahalla fuqarolar yig’inlarining oila, xotin-qizlar ijtimoiy ma'naviy masalalar bo’yicha rais o’rinbosarlari ishtirok etdilar.
Bo’lib o’tgan suhbat chog’ida – Xotin-qizlar bilan bog’liq ana shunday muammolarni o’rganish maqsadida yurtimizda mutlaqo yangi tizim– “Ayollar daftari” joriy etildi, – deydi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirining birinchi o’rinbosari Gulnora Marufova. – Hammamiz guvohmiz, bugungi kunda xotin-qizlar o’rtasida kambag’allikni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu haqda gapirganda, “Ayollar daftari” bo’yicha olib borilayotgan ishlarni e'tirof etish joiz. Ammo hozirgi sharoit xotin-qizlarni ishbilarmonlikka o’rgatish, kasbga tayyorlash, o’z ishini boshlash istagida bo’lgan ayollar bilan manzilli ish olib borishni taqazo etmoqda.
Tadbir ishtirokchilariga ishchi guruh a'zolari tomonidan “Ayollar daftari” bo’yicha me'yoriy xujjatlarning yuritilish tartiblari, 9 ta toifaga ko’ra ro’yxatga olingan ayollarning mavjud muammolarini bartaraf etishda mahalla fuqarolar yig’inining mas'ul xodimlari hamda masalaga daxldor tashkilot va muassasalar bilan uzviy hamkorlikni yanada kuchaytirish zururligi ta'kidlab o’tildi.
Shuningdek, mahalla, Aholi bandligiga ko’maklashish markazi, Tadbirkor ayol uyushmasi hamda tijorat banklariga hamkorlikda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishlariga ko’mak berish, usta shogird an'analari asosida hunarmandchilikni rivojlantirish, kasb-hunarga o’qitish tizimini takomillashtirish masalalari bo’yicha ham uslubiy tavsiyalar berildi.
Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirining birinchi o’rinbosari Gulnora Marufova rahbarligidagi ishchi guruh a'zolari Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun foydalanishga topshirilayotgan qo’pqavatli uy-joylardagi shart-sharitlar bilan ham tanishdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.