Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
4-SEKTOR XABARLARI
2021-04-03 23:14:20 161
Bugun 4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbari Z.Mirzayev, tuman hokimining xotin-qizlar masalari buyicha maslahatchisi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari M.Mo’ydinova hamda viloyat, tuman kasaba uyushmasi vakillari, mahalla fuqarolar yig’ini raislarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo’yicha o’rinbosarlari ishtrokida tumanda “Ayollar daftari” bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi bo’lib o’tdi.
4-sektor shtabida sektor rahbari Z.Mirzayev mahallabay ishlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Sektor rahbari tomonidan iqtisodiy salohiyati va “drayver” sohalaridan kelib chiqib, istiqbolli tadbirkorlik loyihalari ro’yxatini shakllantirilishi hamda loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqishda amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlik sub'ektlari muammolarini aniqlash va ularni yechish bo’yicha takliflar berildi. Ishsiz aholini, xususan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’rgatish talabini aniqlash, tadbirkorlik xohishi borlarga faoliyatini boshlashga, kredit olishga ko’maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.