Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA “TO’G’RI OVQATLANISH SOG’LOM TURMUSH TARZI” MARKAZI O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI

×

 2021-04-03 20:48:58    190

PDF yuklash
Chop etish



Ayollar o’rtasida to’g’ri ovqatlanish, sog’lom turmush tarzi va jismoniy faollik masalalarida profilaktik tadbirlarni olib borish va ularga yana bir karra qulaylik yaratish maqsadida Qo’shtepa tumanida “To’g’ri ovqatlanish sog’lom turmush tarzi” markazi o’z faoliyatini boshladi.  

Yosh tadbirkor “HHEALTHY LIFE FERGHANA” MChJ rahbari Ozodaxon Obidovaning tashabbusi bilan tumanimiz markazida tashkil etilgan markazning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.


Markazning ochilishida tuman hokimligining mas'ul rahbarlari, tumanimizdagi xotin-qizlar bilan birga Gulchexraxon Mirzaabdullayeva rahbarligidagi mutaxassislar ham ishtirok etdilar.


Ba'zilar har kuni yog’li va yuqori kaloriyali taomlarni iste'mol qilsa, to’g’ri ovqatlanayapmiz, deb o’ylaydi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yuqori quvvatli taomlarni muntazam tanovul qilish, shu bilan birga, kamharakatlilik qon bosimi, qandli diabet, insult, miokard infarkti, buyrak va me'da-ichak tizimi a'zolari kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.

Ushbu markazda mutaxassislar ishtirokida “Ratsional ovqatlanishning sog’lom turmush tarzidagi o’rni” mavzusida o’quv mashg’uloti o’tkazildi. Mashg’ulot davomida sog’lom ovqatlanish tarziga amal qilish bilan birga salomatlikni asrash uchun kishi sport bilan hamnafas bo’lishi lozimligi ham ta'kidlab o’tildi.


O’ylaymizki mutaxassislar tomonidan berib o’tilgan tavsiyalarga ayollarimiz har doim qat'iy amal qilib, sog’lom turmush tarziga rioya qiladilar.

Zero, har bir insonning sog’lom bo’lishi va uzoq umr kechirishi uning sog’lom turmush tarziga nechog’li rioya etishiga bog’liq.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram