Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-04-03 09:07:10 158
Aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikovning Qizilariq mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflarning 3 tasiga asosli tushuntirish berildi hamda 11 masalalar o’rganib chiqib, ijobiy hal etish, natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi 1-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari hamda qo’shimcha fan to’garaklar faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 14-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lgan tuman rahbari tomonidan muassasada bolajonlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Tumanimiz aholisini, ayniqsa yoshlarni ma'naviy savodxonligini oshirish hamda ularni kitobxonlikka jalb etish maqsadida joylarda tashkil etilayotgan Ziyo maskanlari faoliyati o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga bunday maskanlar soni hamda kitoblar fondini ko’paytirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Qizilariq mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 400 ta aholi xonadonlarini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida ichimlik suvi qudug’i qazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham tuman rahbari tomonidan o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish ishlarini loyiha smeta xujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda bajarilishini ta'minlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.