Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL: MUROJAATLARGA IJOBIY YECHIM TOPISH MEXANIZMI
2021-04-02 15:41:07 251
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko’tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo’yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o’tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Zero, Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Shu ma'noda, Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Qizilariq mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi.
Tadbirda tuman hokimining o’rinbosarlari, Xalq qabulxonasi xodimlari, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabulda aholining murojaatlari tuman hokimi ishtirokida atroflicha o’rganib chiqildi.
Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi. Qizilariq mahalla fuqarolar yig’inida o’tgan bu galgi sayyor qabulda 16 nafar fuqaro tomonidan asosan, elektr energiyasi ta'minotini yanada yaxshilash, bolalar nafaqasi olish, bandlik va maishiy gaz ballon olish masalalari o’rtaga tashlandi.
Qabul davomida fuqarolarni kundalik hayotida qiynab kelayotgan yechimi qulay muammolar ijobiy yechimini topdi. Ayrim murojaatlarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi, shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning barchasi qabul qilinib ijroga qaratildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.