Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVLAT TILI: HUKUMAT QARORI AMALDA
2021-04-02 12:51:40 253
Davlatimiz rahbari tomonidan “Mamlakatimizda o’zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tdbirlari to’g’risida” 2020 yil 20 oktyabrdagi PF-6084-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan til siyosati borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 4 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rahbar kadrlarni va mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo’yicha daraja sertifikatlarini berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 52-sonli qarori e'lon qilindi.
Mazkur qaror talablariga asosan, 2021 yilning 1 aprelidan boshlab, o’zbek tili va adabiyoti bo’yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash hamda mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo’yicha daraja sertifikatlari joriy etilishi, mazkur ishlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshirilishi belgilab berilgan. Davlat test markazi tomonidan talabgor to’g’risidagi shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi ta'minlanadi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud tomonidan rasmiy murojaat bo’lgan taqdirda, ariza beruvchilar to’g’risidagi ma'lumotlar taqdim etiladi.
Vazirlar Mahkamasi va davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi rahbar kadrlar hamda mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar xalqaro e'trof etilgan baholash standartlari hamda rivojlangan chet el mamlakatlarining ilg’or tajribasini hisobga olgan holda davlat tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo’yicha o’quv-metodik qo’llanmalar asosida test sinovlarini topshiradilar. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan talabgorlarga elektron shaklda davlat tilini bilish bo’yicha daraja sertifikati taqdim etiladi.
Mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan rahbar kadrlarni davlat tilini bilish darajasi, davlat tilida rasmiy ish yuritishi, o’zbek tili me'yorlarining buzilishi bilan bog’liq holatlarga chek qo’yadi.
Albatta, sog’lom, ma'naviyatli avlod tarbiyasi oson ish emas. U har bir inson, har bir oila, har bir jamoadan, butun bir jamiyatdan jiddiy e'tibor hamda uzluksiz mehnat talab qiladi. Ayniqsa bugungi kunda-mafkuraviy kurashlar goh oshkora, goh pinhona tus olgan hozirgi nozik, qaltis sharoitda davlat tilimizni rivojlantirish, uni yot unsurlardan saqlash, kelajak avlodga tilimizni sof yetkazish bu nihoyatda dolzarb masala.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori o’z vaqtida va oqilona qabul qilingan hujjat bo’lib, o’zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini mustahkamlash yo’lida yana bir muhim qadamdir.
U.XOLMATOV,
tuman hokimining maslahatchisi.