Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-04-01 20:43:28 220
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Dehqon bozori” MChJda bo’lib, bozorda tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi va bozor hududida tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yoshlar markazida tuman hokimining o’rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish, yoshlar bandligini ta'minlash, ularni kasbga yo’naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatlarini yo’lga qo’yishlariga ko’maklashish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tizimda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.
Sektor rahbari 23-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari hamda qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman rahbari Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 39-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.
Tibbiyot birlashmasiga qarashli “Loyson” qishloq vrachlik punktida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari ham I.Novikov tomonidan o’rganildi. Olib borilayotgan ishlarni qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga qabul qilish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi Shomirza mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilayotgan “Kichik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashkil etilayotgan sanoat korxonalari loyihalarini qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.