Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DEPUTAT BILAN UCHRASHUV
2021-04-01 20:09:09 146
Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida tumanimizdan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Sh.Raximov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda 4-sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Z.Mirzayev, xalq deputatlari tuman kengashi deputati B.Axmedov va mahalla vakillari ishtirok etishdi.
Muloqotda deputat Sh.Raximov ayni kunda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirlayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar va ularning mazmun-mohiyati haqida axborot berdi.
Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan uchrashuvda fuqarolar o’zlarini qiziqtirgan savollar hamda mahalla hududidagi mavjud muammolar bilan deputatga va sektor rahbariga murojaat etdilar. Aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar korxona, tashkilot rahbarlari hamda deputat tomonidan nazoratga olindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.