Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING SESSIYASIDA
2021-04-01 17:24:40 196
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining 35-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov raislik qildi.
Deputatlar 30-Garmdon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati T.Xasanovni sessiya kotibligiga sayladilar.
Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyaning kun tartibiga:
1. Tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ro’yxatdan chiqarish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida.
2. O’zbekiston Ko’zi ojizlar jamiyati Qo’shtepa tumani bo’linmasining 2021 yil 17 martdagi 8-sonli xatini ko’rib chiqish to’g’risida.
3. Er maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko’rib chiqish bo’yicha tuman komissiyasining tanlov natijalari to’g’risidagi yig’ilish bayonlarini tasdiqlash masalalari kiritildi.
Kun tartibidagi birinchi masala “Tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ro’yxatdan chiqarish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan 1-sektor rahbari, tuman hokimi I. Novikov, 2-sektor rahbari, tuman prokurori M.Shomurodov, 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev, 4-sektor rahbari tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Z.Mirzayevlarning hisobotlari tinglandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o’rinbosari A.Yunusov axborot berdi.
Shundan so’ng kun tartibidagi keyingi masala yuzasidan Kadastr agentligi Qo’shtepa tuman bo’limi boshlig’i R.Axmadaliyevning axboroti tinglanib, sessiyada kun tartibidagi muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.