Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISTIQBOL YANADA OBOD HUDUDGA AYLANMOQDA

×

 2021-03-30 18:48:50    109

PDF yuklash
Chop etish



Bugun yurtimizda keng quloch yoygan “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida Qo’shtepa tumanida bunyodkorlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Yurtning obodligi, xalqning farovonligi mahalla va qishloqlardan boshlanishi bor gap. Chunki “Obod mahalla” dasturi doirasida bugun chekka-chekka hududlardagi mahallalar ham yangicha qiyofasida o’zining yorqin ifodasini topmoqda.


Qo’shtepa tumanining Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun bu mahalla yangicha qiyofa kasb etayotgan maskanga aylanib bormoqda.


Istiqbol mahallasida “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 16 ta xonadonlarda o’q devor qurish, darvoza o’rtanish, hojatxona qurish, uy ichini ta'mirlash, tandir va o’choqxona qurish kabi juda ko’plab ishlar amalga oshirildi.

 Bugun bir guruh mehmonlar, xususan, viloyat hokimligi mutasaddilari, respublikamizdagi mas'ul idoralar rahbarlari hamda tumanimizdagi sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari tashrif buyurishib, mahalladagi va mana shu xonadonlardagi o’zgarishlarga bevosita guvoh bo’ldilar.


Mehmonlarni ochiq yuz bilan qarshi olgan aholining yuzidagi tabassum va yuqori kayfiyatidan mahalladagi o’zgarishlar tufayli hayotdan rozi bo’lib yashayotganligiga guvoh bo’ldik. (Mavzuga yana qaytamiz.)

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram