Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QABULDA: MUAMMOLAR TINGLANDI VA IJROSI NAZORATGA OLINDI
2021-03-30 16:54:15 191
Haftaning har seshanba kuni Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o’tkazib kelinmoqda.
Qabulda tumanimiz aholisi muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat etib, o’zlarini qiziqtirgan yoki qiynayotgan savollariga atroflicha javoblar olishmoqda.
Bugun, tashkil etilgan qabulda ham 70 nafardan ziyod fuqarolarimiz tuman hokimiga o’z murojaatlari bilan yuzlanishdi.
Fuqarolar tomonidan asosan, ichimlik suvi va elektr energiyasi ta'minotini yanada yaxshilash, bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish, yer munosabatlari bilan bog’liq bildirilgan masalalar tuman hokimi tomonidan diqqat bilan tinglandi. Qabulda ishtirok etayotgan hokim o’rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassalalar vakillari bilan birgalikda bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan choralar izlandi.
Aksariyat murojaatlar shu joyning o’zida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar bo’yicha amaldagi qonunchilikka asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. YEchimini o’rganish va hal etish uchun vaqt talab qiladigan muammolar yuzasidan esa mas'ul shaxslarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.