Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLADA SAYYOR SUD
2021-03-30 11:39:35 201
Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudining navbatdagi sud majlisi Qo’shtepa tumanining Sarmozor mahalla fuqarolar yig’ini binosida bo’lib o’tdi.
Ushbu “Sayyor sud majlisi”da Qo’shtepa tumani davlat soliq inspektsiyasi tomonidan kiritilgan 6 ta yuridik tashkilotni bankrot deb topish to’g’risidagi da'vo arizalar ko’rildi.
Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan o’tkazilgan sud majlisida Qo’shtepa tumani davlat soliq inspektsiyasining mas'ullari, 6 ta yuridik tashkilot rahbarlari hamda tadbirkorlar qatnashdilar.
“Sayyor sud majlisi” davomida ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar haqida ham tushuntirish berildi.
A.AKBAROV,
Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudining raisi,
S.PARMONOVA,
Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudining sudya yordamchisi.