Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-03-29 21:15:42    153

PDF yuklash
Chop etish



Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Tadbirkorlar uyi”da navbatdagi qabulini o’tkazdi. Qabulda tumanimizda faoliyat ko’rsatib kelayotgan 11 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko’tarilgan taklif va muammolarning ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tuman hokimi tomonidan tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.


Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan sobiq “G’ishtmon Chimkent” MMTPga qarashli bino-ishootlar va yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab, turar-joy binosi qurib olgan N.Tursunov va uning qaynonasi X.Jo’raboyevalarning arizasi huquqni muhofaza qilish organlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida o’rganildi. O’rganishda davomida ushbu bino-inshootlar va unga tegishli bo’lgan yer maydonlari tender tanlovlari natijasiga ko’ra fuqaro G’.Turdiyev tomonidan belgilangan qonun talablari asosida sotib olinganligi aniqlandi. Tuman hokimi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari tomonidan fuqarolar N.Tursunov va X.Jo’raboyevalarga tegishli tushuntirishlar berib o’tildi.


Sektor rahbari tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 10-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari hamda qo’shimcha fan to’garaklar faoliyati bilan tanishdi. Tuman hokimi ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.


I.Novikov 7-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasi “Do’rmon shifokor xizmat uyi”da bo’lgan tuman rahbari muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko’rsatish sifati va muassasada tashkil etilgan ijtimoiy dorixona faoliyati bilan tanishib, muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi.


Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inini qizil hududdan chiqarish yuzasidan “Mahallabay” tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o’rganishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi O.Xoshimova uy-joyini ta'mirlashga muhtoj I-guruh nogironligi bo’lgan ayol sifatida “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikovning tashabbusi bilan homiylar tomonidan fuqaroning uy-joylarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bugun tuman hokimi ushbu xonadonda bo’lib, olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishdi.


Suvdan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadida tumanda 2 ming gektar ekin yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tuman hokimi tomonidan o’rganilib, olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish hamda sifatli bajarilishi yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram