Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PREZIDENT QARORI – MA'NAVIYATIMIZ ASOSI
2021-03-29 15:36:49 239
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 26 mart kungi “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-5040 qarorining qabul qilinishi yangi O’zbekistonda ma'naviyatga bo’lgan munosabat ham yangicha ko’rinishda bo’lishini isbotlab berdi. Prezidentimizning bunday qaror qabul qilishlari buyuk bobokalonlarimiz amalga oshirgan ezgu ishlarning mantiqiy davomidir.
Inson tanasi uchun oziq-ovqat, suv va havo qanchalar muhim bo’lsa, uning ruhi, aqli, ongi, tafakkuri uchun yagona ozuqa bu ma'naviyat hisoblanadi. Prezident ma'naviyat sohasida yangicha tashabbuslarni ma'qullagan holda bu borada yangi qaror qabul qildi. Ushbu qaror Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o’ringa ko’taradi.
Darhaqiqat, bugunning o’zi ma'naviyatimizni asrash masalasida hushyorlik va ogohlikni talab qilayotgani ham sir emas. Shu boisdan, Prezidentimiz “Biz yangi O’zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat” deb bejiz aytmadilar. Butun dunyoda g’oyalar kurashi, axborotlar huruji, raqobat va mafkuralar olishuvi kuzatilmoqda. Globallashuv jarayonlarida milliy qadriyatlarni asramoq, milliy ma'naviyatimiz barhayotligini ta'minlamoq eng muhim vazifadir.
Davlatimiz rahbari bejiz loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini ta'kidlamadilar.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi faoliyatini tubdan takomillashtirildi. Bu o’rinda Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish taklifini ma'qullandi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko’tarish vazifalari qo’yildi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi barcha hududiy kengashlarning, vazirlik, idora va tashkilotlarning ma'naviy-ma'rifiy faoliyatini muvofiqlashtirib borish kabi qator muhim topshiriqlar vazifalar berilganligi, Markazning tuman (shahar) bo’linmalariga aholi sonidan kelib chiqib, qo’shimcha shtat birliklari ajratilganligi, mazkur shtat birliklari mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtirilganligi bizni nihoyatda quvontirdi.
Endi ma'naviyat tizimida tanaffus bo’lmaydi. Buni har birimiz yuragimizdan o’tkazishimiz, mas'uliyatni zimmamizga ola bilishimiz shart. Maqsadimiz davlatimiz rahbari boshlab bergan uchinchi renesansning asosiy qanotini mustahkamlashdir. Bu yo’lda barcha ziyolilarimizga, fidokorlarimizga suyanamiz. Ajdodlarga munosiblik yo’lida ildam qadam tashlaymiz. Zero ruhiyatni oziqlantirish ham savob amallardan biridir. Bu faqat inson qalbini emas, butun bir mamlakatni, butun bir millatni himoyalash deganidir.
N.OTABEKOV,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi rahbari.