Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MILLIY LIBOSLAR” KO’RIK TANLOVI O’TKAZILDI

×

 2021-03-29 15:25:23    226

PDF yuklash
Chop etish



Barchamiz bilamizki, libos – kishining tashqi ko’rinishi, ma'naviy dunyosi, tafakkuri hamda ichki xislatlarini o’zida namoyon eta olish xususiyatiga egadir. Har bir kishi o’zi kiygan libosi orqali boshqalar tasavvurida kim va qanday odam ekanligini ko’rsatib beradi. Bugungi kunda yurtimizda kiyinish madaniyatiga bo’lgan e'tibor talab darajasi sifatida ko’rilmoqda. 

Qo’shtepa tumani maktabgacha ta'lim bo’limi tasarrufidagi 26-DMTTning tashabbusi bilan tarbiyalanuvchilar o’rtasida milliy liboslarni keng targ’ib etish va hurmatini oshir maqsadida o’zbek milliy qadriyatlarini o’zida mujassamlashtirgan “Milliy liboslar” ko’rik tanlovi o’tkazildi.

Tadbirda tarbiyalanuvchilar tomonidan qo’shiq, raqs va she'rlar ijro etildi. Ko’rik tanlov ishtirokchilarining milliy liboslarda chiqishlari esa xakamlar tomonidan baholab borildi. Eng yaxshi deb topilgan libos egalari 26-DMTT tomonidan esdalik sovg’alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.


Aynan shu kuni muassasada ma'naviy-ma'rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi” doirasida yordamchi tarbiyachilar o’rtasida “Moxir qo’llar” ko’rik tanlovi ham o’tkazildi.

 Tadbirda tarbiyachilar o’zlari yasagan turli o’yinchoqlar, to’qimachilik buyumlari va o’zlari pishirib kelgan taomlar bilan ishtirok etdilar. Tadbir qiziqarli va mazmunli o’tdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram