Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI
2021-03-27 21:12:27 188
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtirokida “Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarka”si o’tkazildi. Mazkur yarmarkada tumandagi 40 dan ziyod ishlab chiqarish korxonalari, davlat va nodavlat tashkilotlari o’zlarining 600 dan ziyod bo’sh ish o’rinlari hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Bugungi yarmarkada tumandagi 200 nafarga yaqin fuqarolar qatnashib, ulardan 35 nafar fuqarolar doimiy ish joylariga va 9 nafar fuqarolar vaqtinchalik haq to’lanadigan jamoat ishlariga joylashtirildi hamda 15 nafar fuqarolar kasb-hunarga o’rganishga yo’naltirildi.
Tuman hokimi Sarmozor mahalla fuqarolar yig’inidagi "O’Z SAMARALI SERVIS" mas'uliyati cheklangan jamiyatining faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkorga korxonada ishlab chiqarilayotgan charm poyabzal hamda tirkotaj mahsulotlari sifati hamda faoliyatini kengaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.
Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inini qizil hududdan chiqarish yuzasidan “Mahallabay” tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o’rganishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi mahallada bo’lib, hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
“Sirdaryo-So’x” irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi boshlig’i A.Fozilov, “Sirdaryo-So’x” irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi qoshidagi melorativ ekspeditsiya boshqarmasi boshlig’i D.Abdusalomov, “Katta Farg’ona magistral kanali” boshqarma boshlig’i A.Tojaliyev hamda tumandagi qishloq xo’jaligiga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida, tumanda 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tumanda “Mahallabay” tizimi asosida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda mahalliy soliq tushumlarini bajarilishi yuzasidan mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligini oshirish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.