Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: “BO’SH ISH O’RINLARI MEHNAT YARMARKASI” TASHKIL ETILDI

×

 2021-03-27 17:16:48    289

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, 1-sektor rahbarining tashabbusi bilan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan mehnatga layoqatli fuqarolar, shu jumladan yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida “Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi” o’tkazildi.

Tuman Madaniyat markazida bo’lib o’tgan yarmarka tuman hokimligi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, Aholi bandligiga ko’maklashish markazi, tuman adliya bo’limi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Unda 40 dan ziyod ish beruvchi korxona va tashkilotlar o’zlarida mavjud 600 dan ziyod bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etishdi. 


Tadbirda tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtirok etib, so’ngi yillarda tumanimizda ishlab chiqarish korxonalari, kichik beznes sub'ektlari hamda xususiy tadbirkorlar soni ortib, buning natijasida yangi ish o’rinlari yaratilishiga erishilayotganligini, ishsizlikni oldini olish, aholi va “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalardagi ishsizlik muammolarini yechish hamda ularni bandligini ta'minlash maqsadida har bir sektor hududida muntazam ravishda “Mehnat yarmarka”lari tashkil etib kelinayotganligini ta'kidlab o’tdi. 


Mehnat yarmarkasida 120 nafardan ortiq fuqarolar qatnashdi. Yarmarkaga jalb qilingan fuqarolardan 35 nafari doimiy ish o’rinlariga ishga joylashtirildi. 15 nafar fuqarolar kasbga tayyorlash va malaka oshirish kurslariga, 9 nafar fuqarolar vaqtinchalik haq to’lanadigan jamoat ishlariga yuborildi.


Shu bilan bir qatorda mehnat yarmarkasi davomida tuman Adliya bo’limi xodimlari tomonidan fuqarolarga mehnat qonunchiligi, mavjud ish o’rinlarida belgilangan imtiyoz va kafolatlar, ish o’rinlari to’g’risida tushuncha va maslahatlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram