Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI
2021-03-25 22:34:21 257
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Dehqon bozori” MChJda bo’lib, bozorda tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi va bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, bozor hududida tashkil etilgan “Ziyo maskani” faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan tadbirkorga adabiyotlar fondini kengaytirish yuzasidan takliflar berildi.
Langar mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Uniforum plyus” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lgan tuman hokimi tomonidan korxonada ishlab chiqarilayotgan tirkotaj mahsulotlari sifatini yanada yaxshilash va eksportni yo’lga qo’yish, ishlab chiqarish hajmini oshirish bo’yicha qo’shimcha ishlar olish yuzasidan takliflar berildi.
Tuman rahbari 8-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ham bo’lib, muassasada bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Muassasada qamrovni kengaytirish maqsadida kontinerlar o’rnatilib zamonaviy jixozlanayotgan qo’shimcha xonalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Mas'ul rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlab, foydalanishga topshirish va sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
I.Novikov tuman tibbiyot birlashmasi Langar bo’limida bo’lib, muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko’rsatish sifati va muassasada tashkil etilgan ijtimoiy dorixona faoliyati bilan tanishdi. Muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Langar mahalla fuqarolar yig’ini hududida bo’lgan tuman hokimi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Hududa amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga “Boboqum” massividan yer ajratib berilgan edi. Sektor rahbari “Boboqum” massivida bo’lib, yer maydonlaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Mas'ul rahbarlarga ajratilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanish hamda sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Tuman hokimi “G’ishtmon Chimkent” MMTP hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.