Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OCHIQ MULOQOT”DA
2021-03-25 17:51:56 171
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati, “Qo’shtepa tumani hokimligi” telegram kanali hamda “MUROJAAT - Qo’shtepa tumani” telegram guruhi hamkorligida “Ochiq muloqot” loyihasi yo’lga qo’yildi.
Bugun “MUROJAAT - Qo’shtepa tumani” telegram guruhi orqali loyiha doirasida Qo’shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha birinchi o’rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i Axrorjon Yunusov bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Matnli tarzda o’tkazilgan konferentsiya davomida fuqarolarimiz o’zlarini qiziqtirgan savollarga tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha birinchi o’rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i Axrorjon Yunusovdan javob oldilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.