Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUV KELTIRGAN ELDA AZIZ
2021-03-25 17:17:04 257
Bo’ston mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Nokzor, Oydin ko’chalarida yashovchi aholini bir necha yildan buyon suv muammosi qiynab kelayotgan edi. Ushbu ko’chalarda istiqomat qiluvchi 180 ta xonadon va 15 gektar yer maydoni bo’lgan “Kelajak bog’i” bog’dorchilik fermer xo’jaligining ekin yerlari bir necha kilometr uzoqlikdagi Boltako’l mahallasida joylashgan sug’orish tik qudug’i (drenaj)dan sug’orilardi. Shu tufayli g’animat sanalgan ekin-tikin mavsumida va yozning jazirama issig’ida tomorqaga suv keltirishda turli muammolar kelib chiqar edi.
Mahalla ahliga qulaylik yaratish va suvsizlik muammosiga barham berish maqsadida tuman hokimi va sektor rahbarining sa'y-harakatlari natijasida 2020 yil iyun oyida mahallaning Nokzor ko’chasiga sug’orish tik qudug’i (drenaj) qurildi.
Bugun tuman hokimi I.Novikov va tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov Bo’ston mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, fuqarolar va mas'ul rahbarlar bilan suhbatlashdilar.
– Nokzor, Oydin ko’chalarida yashovchi aholini 20 yildan buyon suv muammosi qiynab kelar edi – deydi, mahalla fuqarolar yig’ini raisi B.Oripov. – O’tgan yili yoz oyida shu muammo o’z yechimini topdi. Albatta, aholi bundan mamnun bo’ldi. Bugun rahbarlarimiz kelishib sug’orish tik qudug’i (drenaj)ni qay holatda ishlayotganini ko’rdilar. Ular xavfsizlik choralarini ko’rish maqsadida shu joyga o’rnatilgan transformator atrofini o’rash taklifini berishdi. Xalqimizda suv keltirgan elda aziz, degan naql bor. Tumanimiz rahbarlari ko’magi bilan mahalla ahli tomorqalarini sug’orish uchun suvdan bahramand bo’lmoqda. Ular el duosini olishdi, baraka topishsin.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.