Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“AYOLLAR DAFTARI”DAGI AYOL TASHABBUSI: U “AYOLLAR DAFTARI”DAGI 5 NAFAR XOTIN-QIZGA ISH BERDI
2021-03-25 15:42:56 275
Kimyoxon Zokirova Qo’shtepa tumanining Bo’ston mahalla fuqarolar yig’inida yashaydi. Turmush o’rtog’i vafot etganligi tufayli qaramog’idagi uch farzandini yolg’iz parvarish qilmoqda. Shu sababli Kimyoxon mahalladagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Mavsumiy ish bilan bandligi ortidan topgani ro’zg’orga arang yetadi. Tikuvchilikka uquvi bor. Agar bir nechta tikuv mashinasi bo’lsa, tadbirkorlik qilib ro’zg’orning bir tomonini shuning ortidan ko’tarishi mumkin.
Kimyoxonning taklifini mahalla fuqarolar yig’inidagilar qo’llab-quvvatlashdi. Tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagidagi Kimyoxon o’ttiz million so’m imtiyozli kredit hisobiga 6 ta tikuv mashinasi harid qildi. Mahallada bo’sh turgan do’konni ijaraga olib, shu joyda faoliyatini yo’lga qo’yishga ahd qildi.
Bugun tadbirkor Kimyoxon Zokirova tashkil etgan tikuvchilik tsexining ochilish marosimi bo’ldi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, tuman prokurori M.Shomurodov va tuman hokimining xotin-qizlar masalalari buyicha maslahatchisi, tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari M.Mo’ydinovalar ishtirok etdilar.
Tuman rahbari tadbirkor ayol Kimyoxon Zokirova bilan suhbatlashib, uning rejalari bilan tanishdi. Ushbu tsexni kengaytirish va qo’shimcha ishchi o’rinlari yaratish yuzasidan o’zining taklif va fikrlarini bildirdi.
Kimyoxon Zokirova tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yib, 6 ta ishchi o’rni yaratdi. Xatto o’zi singari “Ayollar daftarida”gi besh nafar ayollarni ish bilan ta'minladi.
Tadbirkor ayol do’konning bo’sh turgan xonalaridan ham unumli foydalanmoqda. O’zi chevar bo’lganligi uchun mahalladagi 15 nafar qizlarga tikuvchilik yo’nalishi bo’yicha o’quv kursi ham tashkil etdi.
Mahalladagi bejirimgina tikuvchilik tsexida buyurtma asosida ayollar kiyimi tikiladi. Kimyoxon shu kungacha uy sharoitida o’zi mustaqqil faoliyat yurtib kelayotgan edi. U tikkan quroq yostiq va yakandozlarning xaridori qo’shni Qirg’iziston respublikasidan. Qalb qo’ri va mehrini berib tikkan quroq yakandoz va yostiq jamlanmasining narxi bir million so’mgacha sotiladi.
– Quroqdan tikilgan bitta jamlamamizda 4 dona yakandoz va 4 dona yostiq bo’ladi, – deydi Kimyoxon Zokirova. Hozirda Qirg’izistondan 500 dona quroq yakandoz va 500 dona yostiqqa buyutma berishgan. Qolaversa bu buyurtmani Qoraqalpog’iston Respublikasidan ham oldik. Mana bugun tseximizni ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Nasib qilsa qizlar bilan buyurtmalarni tikishni boshlaymiz. Oldin bitta o’zim harakat qilgan bo’lsam, endi ko’plashib ishlaymiz. Daromadimiz ham shunga yarasha bo’ladi, albatta.
Izlagan imkon topadi deb bejizga aytishmagan. Kechagina uy sharoitida nima qilsam ekan deb, bosh qotirgan Kimyoxon Zokirova bugun tadbirkor. Qolaversa, o’zi singari ayollarga yetakchi. Tinib-tinchimas ayolning kelgusidagi rejalari bisyor. U yana qo’shimcha ishchi o’rni yaratib, buyurma hajimini ko’paytirishni o’z oldiga maqsad qilgan.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.