Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OCHIQ MULOQOT” BOSHLANMOQDA
2021-03-25 09:00:07 215
Hurmatli “Qo’shtepa tumani hokimligi” telegram kanali a'zolari!
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati, “Qo’shtepa tumani hokimligi” telegram kanali hamda “MUROJAAT - Qo’shtepa tumani” telegram guruhi hamkorligida “Ochiq muloqot” loyihasi boshlanmoqda. Bugun soat 09:00 dan 10:00 ga qadar “MUROJAAT - Qo’shtepa tumani” https://t.me/qoshtepa_tumani_aholi_murojaati telegram guruhi orqali loyiha doirasida Qo’shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha birinchi o’rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i Yunusov Axrorjon Abdinabiyevich bilan ochiq muloqot bo’lib o’tadi.
Hurmatli tadbirkorlar agar sizni qiziqtirgan savollar bo’lsa, belgilangan vaqt oralig’ida guruhga murojaat qilib, bevosita Qo’shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha birinchi o’rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i Yunusov Axrorjon Abdinabiyevichdan javob olishingiz mumkin.
Matnli tarzda o’tkaziladigan konferentsiya davomida fuqarolarimiz “MUROJAAT - Qo’shtepa tumani” telegram guruhi orqali o’z savollarini yo’llashlari mumkin bo’ladi. Savol muallifiga darhol matnli tarzda guruh orqali javob yoziladi.
Diqqat: savol va murojaatlarni yo’llashda o’zingizni tanishtiring (ism-sharifingiz, manzilingiz, telefon raqamingizni ko’rsatgan holda), aniq va lo’nda yozishga harakat qiling.