Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-03-24 20:31:10    131

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, “Tadbirkorlar uyi”da navbatdagi qabulini o’tkazdi. Qabulda tumanimizda faoliyat ko’rsatib kelayotgan 13 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko’tarilgan taklif va muammolarni hal etish bo’yicha muddatlar belgilanib, ijobiy hal etish yuzasidan tuman hokimi tomonidan tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.


Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Sardoba ko’za plast” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lgan sektor rahbari, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’z takliflarini berdi.


G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’inini qizil hududdan chiqarish yuzasidan “Mahallabay” tizim asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o’rganishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi ishchi guruh faoliyati bilan yaqindan tanishib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Tuman rahbari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Farg’ona viloyati hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Tursunov rahbarligida tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan “FERGANA GLOBAL TEXTILE” mas'uliyati cheklangan jamiyati yer maydonlarida joriy yilgi o’ziga xos o’zgaruvchan ob-havo sharoitida chigitni maqbul muddatda ekish, mavsumni qisqa muddatda sifatli o’tkazish uchun texnika va agregatlarni puxta hozirlash hamda mexanizator, seyalkachilarga dala maydonlarida sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan dala sharoitida seminar o’tkazildi. Viloyat hokimining o’rinbosari hamda tuman hokimi tomonidan tumanda chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda qisqa muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas'ul korxona va tashkilot hamda fermer xo’jaliklari rahbarlariga tegishli ko’rsatmalar berildi.


 

Seminar yakunida “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan qishloq xo’jaligi xodimlari va mexanizatorlar uchun dasturxon yozilib, qishloq xo’jaligi sohasining faxriylari va mexanizatorlarga esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram