Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI
2021-03-23 20:00:53 165
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun tuman xalq qabulxonasida o’zining navbatdagi qabulini o’tkazdi. Qabulda turli muammo va takliflar bilan kelgan 60 nafarga yaqin fuqarolar bolalar puli va moddiy yordam ajratish, ish bilan ta'minlash, elektr va suv ta'minoti, bank, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr va shu kabi muammolar bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e'tibor berib, ushbu murojaatlarda ko’tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko’rsatmalar berildi.
Sektor rahbari Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “GRAF TEXTILE” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, korxonaning bugungi kundagi faoliyati va istiqbolli rejalari bilan tanishdi. Tuman rahbari ishlab chiqarilayotgan tirkotaj mahsulotlari sifatini yanada yaxshilash, eksportni yo’lga qo’yish hamda ishlab chiqarish xajmini oshirish yuzasidan o’zining takliflarini berdi.
Paxtakor mahalla fuqarolar yig’inida bo’lgan tuman hokimi hududdagi Yangihayot qishlog’ida joylashgan bo’sh turgan binoda yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Binoda olib borilayotgan qurilish ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda muassasani foydalanishga qabul qilish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
I.Novikov “Baxt Yo’ldosh Oxun” va “Solijonobod Mahmud” MMTP hududlarida faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Joylarda tuman rahbari tomonidan qishloq xo’jaligi tashkilotlari va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida yig’ilishlar o’tkazildi. G’alla parvarishida bahorgi o’g’itlash ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tumanda joriy yilgi o’ziga hos o’zgaruvchan ob-havo sharoitida chigitni maqbul muddatda ekish, mavsumni qisqa muddatda sifatli o’tkazish uchun texnika va agregatlarni puxta hozirlash hamda mexanizator, seyalkachilarga dala maydonlarida sharoitlar yaratish, 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar va mahalliy o’g’it yordamida sharbat usulida sug’orish yuzasidan olib borilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.