Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O’ZBEK ALIFBOSIGA O’TAMIZ
2021-03-23 19:10:17 199
Vazirlar Mahkamasining 10.02.2021 yildagi «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to’liq o’tishni ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 61-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 20.10.2020 yildagi «Mamlakatimizda o’zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-6084-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:
· Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to’liq o’tishni ta'minlash bo’yicha «yo’l xaritasi»;
· Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to’liq o’tishni ta'minlash bo’yicha respublika ishchi guruhi.
«Yo’l xaritasi»da quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish sohasida:
· Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to’liq o’tishni ta'minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
· normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarning davlat tili qoidalariga hamda «Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi Qonun talablariga muvofiqligi, shuningdek loyihalar lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokama chiqarish tartibini joriy etish;
· o’zbek tili alifbosi va imlo qoidalari asosida transliteratsiyaga mo’ljallangan axborot DT uchun yagona talab ishlab chiqish va joriy etish va boshqalar;
alifbo va imloni o’qitish, targ’ib qilishni tashkil etish sohasida:
· lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni o’rganish bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish;
· OAV, Internet tarmog’ida lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga to’liq o’tishning mohiyatini keng aholi qatlamiga tushuntirish maqsadida maxsus dasturlar hamda targ’ibot chiqishlarini izchil tashkil etish;
o’quv-uslubiy adabiyotlar, qo’llanmalar va ularning elektron dasturini tayyorlash va tarqatish sohasida:
· Ta'lim muassasalari uchun qo’llanmalar va boshqa adabiyotlarni lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida bosqichma-bosqich nashr etib borish;
· Kirill alifbosida chop etilgan va kutubxonalarda saqlanayotgan adabiyotlarni bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosidagi elektron ko’rinishlarini yaratish;
· Kirill yozuvidan lotin yozuviga (yoki aksincha) savodli o’giradigan dasturiy ta'minotlar hamda ularning mobil ilovalarini yaratishni rag’batlantirish va boshqalar;
Yangi alifbodagi yozuvda ish yuritishga to’liq o’tish sohasida:
· O’zbekiston fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, Fuqaroligi bo’lmagan shaxs hamda chet Davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida bo’lishini ta'minlash;
· tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e'lon qilish amaliyotini to’liq joriy qilish va boshqalar.
«Yo’l xaritasi»ni bajarishga mas'ul bo’lgan vazirlik, idora va tashkilotlar o’zlariga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o’z vaqtida, sifatli va to’liq bajarilishini ta'minlashi hamda ularning ijro etilishi holati to’g’risidagi har chorak yakuni bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib borishi lozimligi ko’rsatib o’tilgan.
Jumladan, tuman hokimligi tomonidan mazkur “Yo’l xarita” da belgilangan vazifa va topshiriqlarni samarali va o’z vaqtida ijrosini ta'minlash maqsadida, chora-tadbrlar belgilandi.
U.Xolmatov,
tuman hokimining maslahatchisi.