Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI

×

 2021-03-23 16:11:38    221

PDF yuklash
Chop etish



“Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” shiori ostida turli oqimlarga qarshi xalqimiz hamda yoshlarimizda immunitet shakllantirish maqsadida Qo’shtepa tumanida uchrashuvlar va targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Tadbirlarda tuman hokimligi hamda hamkor tashkilot rahbarlari, imom xatiblar, umumiy o’rta ta'lim maktablarining MMIBDO’lari ishtirok etmoqdalar.

Tadbirdan ko’zlagan asosiy maqsad tumanimizda ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, yoshlarimizning ongu tafakkurida “Ommaviy madaniyat”ga, turli yot g’oyalarga, milliy ma'naviyatimizga zid keluvchi salbiy holatga qarshi immunitet hosil qilish va ularda faqat ezgulikka, Vatanni sevishga qaratilgan targ’ibotlar orqali ma'naviy yetuklikni yanada rivojlantirishdir.


“Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” shiori ostidagi davra suhbati bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi, imom xatiblar hamkorligida 10,9,4-umumiy o’rta ta'lim maktablarida bo’lib o’tdi.         

Tadbir davomida yoshlarga ushbu illatning salbiy jihatlari va zararli oqibatlarini kengroq tushuntirishda ijobiy ta'sir qilishning barcha vosita va uslublarini qo’llash kerakligi, fikrlarni hayotiy misollar orqali yetkazilishi haqida so’z yuritildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram