Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

INVESTORLAR BILAN UCHRASHUV

×

 2021-03-23 13:21:39    128

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6034 Farmonida fuqarolarning odil sudlovga bo’lgan huquqini amalda ta'minlash bilan bog’liq dolzarb muammolar, xususan sudlarda investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini o’z vaqtida va samarali himoya qilishga alohida e'tibor qaratilgan.

Farmon ijrosi bo’yicha 2021 yil 12 yanvarda “Sud qarorlarini qayta ko’rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga iqtisodiyot sohasida investorlar hamda davlat organlari o’rtasidagi investitsiya shartnomalaridan kelib chiqadigan investitsiya faoliyati bilan bog’liq nizolar bo’yicha va raqobatga oid ishlarni taalluqliligi va tegishliligiga oid normalar kiritildi.


Yuqoridagi Farmon va Qonun mazmun mohiyatini investor tadbirkorlarga tushuntirish va ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Farg’ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati va Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan Marg’ilon shahridagi  “Raqamli texnologiyalari markazi” binosida investorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda investorlarga qonunchilikda bo’layotgan yangiliklar, ularga berilayotgan imtiyozlar to’g’risida ma'lumot berilib, ishtirokchilarning savollariga sudyalar tomonidan tegishli javoblar berildi hamda ularga tarqatma materiallar taqdim etildi.


Ushbu uchrashuvda Farg’ona viloyat sudi raisining o’rinbosari – iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov xay'ati raisi A.Madaminov, Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi A.Akbarov, Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi X.Boynazarov va ushbu sohaga daxldor tashkilotlar rahbarlari, Marg’ilon shahar hokimligi huzuridagi Kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona Direktsiyasi vakillari hamda Qo’shtepa tumani hokimligi huzuridagi Kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona Direktsiyasi vakillari ishtirok etdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram