Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
22 MART — MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI
2021-03-22 20:07:40 385
Mahalla institutining jamiyatimiz ijtimoiy-ma'naviy hayotida tutgan o’rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida 22 mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e'lon qilgan edi. Navro’z tantanalari davom etayotgan mana shunday shukuhli kunda ushbu bayram yurtimizda ilk bor nishonlandi.
Bugun Qo’shtepa tumanida ham “22 mart Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda soha fidoiylari ishtirok etdilar.
Bayram tadbirida tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga yo’llagan tabiriknomasini o’qib eshittirdi hamda tumanimizda mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni bayram bilan samimiy tabrikladi:
- Hurmatli mahalla tizimi xodimlari!
Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan barchangizni chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga oilalar mustahkamligi, aholi salomatligi, xonadon va ko’chalarning obodligi, mahalla xavfsizligi, yoshlar tarbiyasi, bandlik, ma'naviyat va ma'rifat kabi sohalardagi keng ko’lamli mas'uliyatli, ayni paytda ezgu va sharafli ishlarda omadlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo’lsin!
Tadbir davomida o’z kasbining fidoiylariga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.
Bugungi bayramda soha xodimlariga alohida e'tibor qaratilib, hurmat-e'tibor ko’rsatildi. Ular uchun to’kin-sochin bayram dasturxoni yozildi. Tuman madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan ijro etilgan diltortar qo’shiqlar barchani hushnud etdi. Kuy-qo’shiqlar ohangiga jo’r bo’lgan soha xodimlari bayramni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.