Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-03-22 19:14:48    169

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun hududlarda bo’lib “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanish va sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

 “22 mart Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan Qo’shtepa tumanida o’tkazilgan bayram tadbirida tuman hokimi ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga yo’llagan tabiriknomasini o’qib eshittirdi. Tumanimizda mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni tuman hokimi bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida ularga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.


Tumanda joriy yilgi o’ziga hos o’zgaruvchan ob-havo sharoitida chigitni maqbul muddatda ekish, mavsumni qisqa muddatda sifatli o’tkazish uchun texnika va agregatlarni puxta hozirlash hamda mexanizator, seyalkachilarga dala maydonlarida sharoitlar yaratish, 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar, dala chetlariga tut ko’chatlari ekish, mahalliy o’g’it yordamida sharbat usulida sug’orish yuzasidan olib borilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram